Maqolalarga o‘tish
kkomplexsoft.
Bosh sahifa ↗
← BARCHA MAQOLALAR

Ko‘pchilik kam ishlashni, va ulardan yana xam kamchilgi– ko‘proq pul topishni xohlaydi.

Micro Бизнес Блог · Matn asl tilida

Ko‘pchilik kam ishlashni, va ulardan yana xam kamchilgi– ko‘proq pul topishni xohlaydi. • Ishonmaysizmi? 1-bosh og'riq: yaxshi sotiladigan mahsulotni minimal fiks.langan oylikga, ammo qilgan savdosidan katta foiz olish sharti bilan sotishga tayyor bo‘lgan odamlarni topishga harakat qilib ko‘ring. 2-bosh og'riq: topilganlar orasida olib borilgan ishlar hulosasini bir oy o‘tgach qilib ko‘ring. 3-bosh og'riq: natijalari yaxshi bo‘lmagan sotuvchilarni olib, bir kunda nechta qo‘ng‘iroq yoki uchrashuvni amalga oshirganliklarini ko‘ring. • Yoki bo‘lmasa “ish izlayotgan” tanishlaringizdan so‘rang – kechaning o‘zida nechta tashkilotga ular xat yoki rezume jo‘natganlar. • Taler Misbehaving kitobida new-yorklik taksichilarni kuzatgani haqida yozadi. Aksariyat taksichilar o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan miqdorda pul ishlaganlaridan so‘ng ishni to‘xtatishar ekan. Ma’lumki, taksilarga talab katta bo‘lgan va narhlar o‘sha paytda yuqori bo‘ladigan kunlar bor, ayni paytda talab katta bo‘lmagan va narhlar ancha past bo‘lgan kunlar ham bor.  Ammo, talab katta bo‘lmagan kunlarda taksichilar ko‘proq ishlashadi, talab katta bo‘lgan kunlarda esa kamroq.  Ayni paytda, agar maqsad kuniga ma’lum miqdorda pul ishlash emas, balki bir oyda maksimal pul ishlash bo‘lganida - mantiqan boshqacha yo‘l tutish to‘g‘ri bo‘lar edi. • “Komfort, ya’ni qulaylik xududidan chiqish” iborasi aslida qo‘lingda boridan ko‘ra ko‘prog‘iga ega bo‘lish istagini bildiradi. Bunda siz ilgari o‘zingiz uchun unchalik qulay hisoblanmagan ishlarni qilishni boshlashingizga to‘g‘ri keladi.  •Birinchi muammo – ish boshlash uchun qattiq xohish kerak. •Ikkinchi muammo xohish shu qadar qattiq bo‘lishi kerakki – o‘zingiz uchun unchalik qulay bo‘lmagan ishlarni boshlay olishingiz lozim. • Ko‘pchilik o‘zi uchun qulay bo‘lgan ishlarni qilish va yangi natijalarga erishishga umid qilishda davom etadi. • Buni, kupchilik yangi biznes boshlaganlarda, ko‘rish mumkin – ular komp. yonida turib mahsulotga o‘zlari uchun odatiy, qulay va sevimli bo‘lib qolgan usullarda sayqal berishadi. Kimdir dastur yozadi, kimdir dizaynini yaratadi, yana kimdir taqdimotini qiladi... Sotishni esa hech kim xohlamaydi! Chunki bu qulay emas.... #internetdagi_fikrlar
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING

Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.

Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.

Bepul treningni tomosha qilish ↗