Bozoringizni va mijozlaringizni segmentlarga ajrating
General Motors tarixi
1909 yili Genri Ford avtomobil yig‘ishning yangi usulini ishlab chiqib, Model T ni arzon narxda ishlab chiqara boshladi. U bitta modelga pul tikadi va 21 yil davomida bozorda monopoliya o‘rnatadi.
1923 yili General Motors vitse-prezidenti Alfred Sloun isteʼmolchilar didi o‘zgarganini payqaydi. Hamma uchun bir xil mashina yetmasdi — badavlat mijozlar maqomga eʼtibor berardi. Shuning uchun u "Sloun konsepsiyasi" ni ishlab chiqdi:
✅ Kompaniya portfeli beshta bozor segmentini qamrashi kerak.
✅ Brendlar o‘zaro raqobat qilmasligi shart.
✅ Mijozlar daromadi oshgani sayin, yuqori segmentga o‘tishi mumkin.
Shunday qilib Chevrolet, Pontiac, Oldsmobile, Buick va Cadillac paydo bo‘ldi.
Rejalashtirilgan eskirish
GM nafaqat segmentlarni aniqladi, balki sotuvni oshirish uchun avtomobillar dizaynni tez-tez yangilash strategiyasini ham joriy qildi. Yangi trendga moslashish uchun odamlar yangilangan modellarni xarid qilishga intilishardi. Bu strategiya "rejalashtirilgan eskirish" atamasiga asos soldi.
1930 yilga kelib General Motors sotuv bo‘yicha Ford ni ortda qoldirdi va 70 yil davomida bozor yetakchisi bo‘ldi.
Xulosa
Mahsulot tannarxini kamaytirishning o‘zi yetarli emas. Turli narx segmentlaridagi mijozlarni tushunish va ular uchun mos taklif yaratish katta ahamiyatga ega.
📌 Yana bir narsa! Agar do‘stingiz bilan muhokama qilsangiz, xulosalarni yaxshiroq o‘zlashtirasiz. Shuning uchun ushbu kanalni do‘stingizga ham yuboring.
(КИРИЛЧАДА ТЕКСТ)
Telegram | Instagram | YouTube | 🌐
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING
Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.
Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.
Bepul treningni tomosha qilish ↗