📚 O‘z biznesingizni ochish to‘g‘risidagi qaror. (1-qism)
Siz nima maqsadda o‘z biznesingizni/firmangizni ochishga qaror qildingiz?
Hayotingizning ma'lum bir bosqichida o‘z firmangizni ochishga qaror qildingiz. Bunga bir nechta sabablar bo‘lishi mumkin.
1. Siz – yollanma direktor, xodimsiz va kimgadir bo‘ysunib ishlash joningizga tegdi.
• Uning xatolarini kuzatish.
• Hammasiga osonlikcha erishayotganini ko‘rib turish, sizning yutuqlaringizni o‘zlashtirayotganiga va xatoliklarni sizning bo‘yningizga qo‘yayotganiga guvoh bo‘lib turish .
• Sizning fikrigizcha, bularning hammasini yaxshiroq, bundanda yaxshiroq qilish mumkin. Ko‘pincha, bu bosqich ishdan ketish bilan mos keladi.
2. Boshqa bir sabab – sizda ( sizning fikringizcha ) ajoyib biznes-g‘oya tug‘ildi va siz uni mustaqil ravishda hayotga tadbiq etishga qaror qildigiz.
3. Sizning do‘stlaringiz ( tanishlar, qarindoshlar ) sizni mustaqil harakat qilishga qobiliyatli odam deb hisoblashadi va bu haqda muntazam eslatib turishadi. Natijada siz bunga ishona boshlaysiz.
4. Siz ishsiz qoldingiz va jahl ustida, dunyo ko‘zingizga qorong‘u ko‘rinib, o‘ch olishga, o‘z ishingizni boshlashga qaror qildingiz.
5. Siz shunchaki aqllisiz, bilimli va tashabbuskor insonsiz, sizga o‘z ishingizni ochish imkoniyati taqdim etilmoqda.
Fikrimizcha, bu asosiy sabablar. Bir vaqtning o‘zida bitta yoki bir nechta sabab bo‘lishi mumkin. Sizni ilhomlantiruvchi sabablar turli tuman bo‘lishi mumkin.
Biriga ko‘p pul kerak bo‘lsa, ikkinchisiga erkinlik kerak, uchinchisi o‘z keksaligidan xavotirda, to‘rtinchisi hech kim tortib ololmaydigan ish joyini yaratishni xohlaydi, beshinchisiga mulkdorlik maqomi muhim, oltinchisi va qolganlariga yana nimadir kerak.
Nima bo‘lganda ham qaror qabul qilindi va siz ishga kirishdingiz.
Ilhomlantiruvchi sabablar, fikrimcha, oddiy sabablarga nisbatan insonni ko‘proq ishga undaydi.
Sabab bo‘lmasa, qolgani ham ishlamaydi. Ularsiz siz yollanma ishchi bo‘lib turasiz.
Axir shaxsiy biznes avvaliga muammolar keltirib chiqaradi, keyin esa yoqimli davrlar boshlanadi. O‘z ishimizni ochishga nima majbur qilganini bilishimiz shart.
Eng avvalo bunga siz ehtiyoj sezasiz. Qolganlar bundan xabar topishi shart emas. O‘zini bilish eng qiyin va eng kerakli bilim.
O‘zingiz haqingizda haqiqatni bilish va bundan hulosa chiqarishga o‘rganing va ko‘niking.
Eng asosiysi, ilhom beruvchi sabablar o‘zingizni o‘zingiz aldashingizga yo‘l qo‘ymaydi.
Davomi bor...
#startap_qil
#oʻyla
#strategiya
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING
Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.
Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.
Bepul treningni tomosha qilish ↗