Maqolalarga o‘tish
kkomplexsoft.
Bosh sahifa ↗
← BARCHA MAQOLALAR

💰 Alibaba asoschisi shunday deydi:

Micro Бизнес Блог · Matn asl tilida

💰 Alibaba asoschisi shunday deydi: (👉КИРИЛЧАДА ) Alibaba asoschisi Jek Ma shunday degan: “Qashshoq odamlarni qoniqtirish eng mushkul ish.  Ularga nimanidir tekinga bering, ular buni qopqon deb oʻylashadi.  Ularga bu bor yoʻgʻi koʻp boʻlmagan investitsiya deb ayting, ular sizga bu mablagʻdan koʻp ishlay olmasliklarini aytishadi.  Yaxshi, unda koʻproq mablagʻ kiriting desangiz, ular sizga pullari yoʻqligini aytishadi.  Ularga yangi yangi mavzularga qoʻl uring, deb ayting. Ular tajribalari yoʻqligini roʻkach qilishadi.   Ularga bu anʼanaviy biznes ekanligini ayting – ular bu juda ogʻir ekanini aytishadi.   Ularga bu yangi biznes-modeli ekanligini uqtiring, ular buni piramida deb atashadi.   Ularga doʻkon ochishni maslahat bering, ular erkinlik yoʻqligini bahona qilishadi.  Ularga yangi biznesga qoʻl urishni maslahat bering, ular yangi biznes ish berishiga ishonch yoʻqligini aytishadi.   Ularda umumiy xususiyatlar ham bor – Googlega murojaat qilishni, xuddi oʻzlaridek umidsizlikka tushgan doʻstlarini tinglashni yaxshi koʻrishadi. Ular uiversitet professoridan ham koʻp vaqtlarini bekorchi oʻylarga sarflashadi. Lekin, koʻr odamdan ham kam harakatda boʻlishadi. Bir ogʻiz soʻrab koʻring, ularning qoʻllaridan nima ish keladi? Ular sizga javob qaytarishmaydi.   Mening hulosam: yuragingiz tezroq urishi oʻrniga, biroz tezroq harakat qilganingiz yaxshi emasmi?  Oʻyga tolib oʻtirguncha, nimani oʻylayotgan boʻlsangiz shuni amalga oshirganingiz durust boʻlmaydimi?  Qashshoq odamlar umumiy xatoliklar tufayli doimo omadsizlikka uchrashadi – ularning butun umrlari kutish bilan oʻtib ketadi. Siz kimsiz – buni oʻzingiz hal qiling! Siz Jek Mani bu gaplariga qo'shilasizmi? #rivojlanish
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING

Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.

Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.

Bepul treningni tomosha qilish ↗