Maqolalarga o‘tish
kkomplexsoft.
Bosh sahifa ↗
← BARCHA MAQOLALAR

📌Muammoni yechimi xaqida...

Micro Бизнес Блог · Matn asl tilida

📌Muammoni yechimi xaqida... (👉КИРИЛЧАДА ) Muammoning yaxshi shakllantirilishi – ularni hal etish sari yoʻlning yarmi bosib oʻtilgani bilan barobar. Agar xadeganda oʻz muammolaringiz haqida oʻylayversangiz, bir kun kelib boshqa oʻylaydigan narsa qolmaganiga amin boʻlasiz. Bu jihatdan olib qaraganda – ong ajoyib narsa! Siz eslab qolmoqchi boʻlganlarni yoddan chiqaradi, siz yodingizdan chiqarmoqchi boʻlganingizni esa butun umrga eslab qoladi.   Sizning muammolaringizni doimo yodga solib turuvchi fikrlardan halos boʻlish uchun barcha tashvishlaringiz va muammolaringizni qogʻozga qayd etib boring.   Oʻshandagina bu muammolar ongingizni zaharlab sizni bezovta qilishdan, kuch zahirangizni sarf qilishdan toʻxtaydilar. Bu oddiy mashq oʻz muammolaringizga boshqalarning nuqtai nazaridan qarashingiz va ularni tartib bilan hal etishingizga yordam beradi. #rivojlanish
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING

Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.

Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.

Bepul treningni tomosha qilish ↗