Maqolalarga o‘tish
kkomplexsoft.
Bosh sahifa ↗
← BARCHA MAQOLALAR

💰"Reklama uchun bir tiyin sarflaganimiz yo’q. Xaridorlarning o’zlari kelishadi. ".

Micro Бизнес Блог · Matn asl tilida

💰"Reklama uchun bir tiyin sarflaganimiz yo’q. Xaridorlarning o’zlari kelishadi. ". Bu fahrlanish emas, balki o’ylanishga sabab.  Agar xaridorning o’zi kelsa, demak mahsulotingizga talab katta. Agar kelgan foydadan reklama uchun mablag’ ajratsangiz yanada ko’p xaridor jalb qilasiz. Lekin siz bunday qilmayapsiz. Nega?  1.Aslida xaridorlaringiz unchalik ko’p emasmi? Unda nega maqtanyapsiz?  2. Barcha sizning potensial xaridorlaringiz - bu aynan o’zi keladigan xaridorlardir, lekin ular endi yo’qmi? Shunaqa ham bo’lib turadi, lekin bu holda bu biznes haqida emas.  3. Hech bo’lmaganda reklamaga ajratish uchun o’z xaridorlaringizdan foyda ololmayapsizmi?  Biznes - modelingiz zarar keltiruvchi emasmikin?   4. Reklamaga pul tikishingiz bilan minusga kirib qoldingizmi?  Demak biznes-model haqiqatda zarar keltiruvchi.  Agar yunit-tahlilini hisoblasangiz, xaridorni jalb qilish undan foyda olgandan ko’ra qimmatroq turadi.  Xaridorni jalb qilishning bepulligi o’zini band qilish xolos, lekin kengayish uchun bu yetarli emas.  5. Ko’p sonli xaridor bilan ishlay olmaysizmi?  Afsuski bu zarar keltiruvchi biznes-modelning yana bir belgisi.  Loyiha iqtisodi o’zingiz “shartli-bepul” ravishda kiruvchi oqimni ishlab chiqqaningizdagina kesishadi. Agar buyurtmani ishlab chiqish yoki xizmat ko’rsatish uchun bozordagi oylik maosh evaziga odam yollasangiz, yunit-tahlil qo’zg’aladi va barbod bo’ladi.  6.Shunchaki o’sishni xohlamaysizmi? Loyihadan pullarni olasiz va bu haqida qayg’urmaysizmi? Boshqa so’z bilan aytganda siz quyidagi vaziyatdasiz:  а) bir qismi reklamaga ajratilishi mumkin bo’lgan foydani keltira oluvchi talab yuqori bo’lgan mahsulotni yaratdingiz,  b) potensial xaridorlar bazasiga egasiz,  c) loyiha iqtisodi foyda keltiribgina qolmay reklama va kiruvchi oqimni ishlab chiqish uchun yangi ishchilarni yollash uchun ham yetarli darajada foydalidir.  Shunday bo’lsa ham siz hech nima qilmayapsiz? Umuman olganda, "Reklama uchun bir tiyin sarflaganimiz yo’q" jumalasi yoki zarar keltiruvchi biznes - model yoki ahmoqlik belgisi.  Yoki siz shug’ullanayotgan ish biznes emas, shunchaki Hobbi ekanligi belgisi. #strategiya  #marketing
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING

Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.

Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.

Bepul treningni tomosha qilish ↗