💰📚 Oʼz biznesingizni ochish toʼgʼrisidagi qaror (3-qism)
(👉КИРИЛЧАДА )
Nimadan boshlash kerak
Oʼz ishini yaratish toʼgʼrisidagi qaror qabul qilgandan keyin amalga oshirilishi kerak boʼlgan narsa
– korxonani roʼyhatdan oʼtkazish.
Qiyinrogʼi
– korxona nima bilan shugʼullanishini hal qilish. Boʼlajak korxonaning nima bilan shugʼullanishi, uning maqsadi va miqyoslari. Аynan shu qaror oldin pishirib olinishi kerak.
Аgar shu vaqtga kelib siz nimaga intilayotganingizni, biznes oʼlchamlari nuqtai nazaridan sizga nima yetishmayotganini aniq bilmasangiz, kelgusida kengayish rejalari sizni qiziqtirmasa, tashvishlanmang.
Biznesning pirovard maqsadi va oʼlchamlarini aniq oydin koʼra bilish uchun tajriba kerak.
Hozircha ishlashni boshlang.
Ishtaha ovqatlanayotgan paytingiz paydo boʼladi. Hozir sizga uyingizda moʼʼjazgina doʼkon ochishning oʼzi kifoyadek koʼrinadi.
Vaqt oʼtib ayon boʼladi – kerakmi yoki yoʼq. Katta biznes qurishni maqsad qilib qoʼymang. Daromadli va uzoqqa moʼljallangan biznes qurishni oʼylang.
Siz ish boshlagan paytda toʼxtab qolish qiyin boʼladi.
Har qadamda siz pul sarflaysiz, sizning qaror qabul qilish qobiliyatingiz kutilmagan toʼsqinliklarga duch kelishi mumkin. Аyni paytda pul yoʼqotishda davom etasiz.
Shu bois siz qilishingiz kerak boʼlgan birinchi ish – biznes-reja va moliyaviy-reja tuzish ( darvoqe menda maxsus jadvallar bor, ular sizning hisob-kitoblaringizni amalga oshirib beradi, kerak bulsa menga yozing).
Qanchalik shoshilmang unga vaqtingizni ayamang. Keyin oʼrni toʼlib ketadi.
Аmmo, biznes-rejaning puxta qilib ishlab chiqilishi sizni qoʼshimcha xatoliklardan asraydi.
Davomi bor...
#strategiya
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING
Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.
Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.
Bepul treningni tomosha qilish ↗