💰Oʼz biznesingizni ochish toʼgʼrisidagi qaror (4-qism)
(👉КИРИЛЧАДА )
Biznes-reja
Biznes-reja – sizning keljakdagi ishlaringiz loyihasidir. Yaxshi binoni loyihasiz qurib boʼlmaydi. Biznes haqida ham shunday deyish mumkin. Biznes-reja tavsiflovchi va moliyaviy qismni oʼz ichiga oladi.
Tavsiflovchi qismda sizning biznesingiz gʼoyasi oʼrin oladi. Mazkur yoʼnalish boʼyicha bozorning holati, oʼylab topilgan biznesning bozordagi oʼrni, uning maqsadi va vazifalari aniqlanadi.
Tajribasiz inson biznes-reja tuzishga qiynaladi. Tajriba kerak. Аdabiyotda tez-tez formal yondoshuv uchraydi va unchalik tushunarli boʼlmagan koeffitsientlarga eʼtibor qaratiladi.
Shu bois, biznes-rejalashtiri boʼyicha bir nechta kitobni oʼqib chiqing. Uch-toʼrtta kitob yetarli.
“Yangi ish boshlaganlar uchun biznes”dan boshlab akademiklar tomonidan chiqarilgan kitoblargacha.
Formulalar va hisob-kitoblarga toʼlib toshib yotgan kitoblarni chetlab oʼting. Ular mantiqiy fikrlashni oʼrgatmaydi.
Internet orqali misollar topish mumkin. Hammasini oʼqing.
Yozilish variantlari juda koʼp, siz mohiyatini oʼzlashtirishingiz va oʼzingiz uchun mos keladigan bayon uslubini tanlashingiz kerak. Аgar kitoblarda nimadir sizga tushunarsiz boʼlsa, oʼtkazib yuboring va oʼz biznes-rejangizga kiritmang.
Sodda va tushunarli yozing.
Аsosiy printsip – siz nima yozganingizni tushunishingiz kerak.
Shu munosabat bilan men hozir biznes-rejalar tuzib beradigan koʼplab firmalar paydo boʼlganiga eʼtiboringizni qaratmoqchiman. Аksariyat hollarda ular kredit va investitsiya olish uchun moʼljallangan biznes-reja tuzishadi. Ular umumiy qabul qilingan qoidalar boʼyicha yozilgan boʼlib, kerakli terminlar, hisob-kitoblar va koeffitsientlar bilan toʼldiriladi. Bunday biznes rejalar ekspertlarga ilohiy taʼsir koʼrsatadi.
Lekin hech qachon bunday tashkilotlarga murojaat qilmang. Ular pul ishlab olishadi, lekin bu ularning biznes-rejalari boʼladi, sizniki ems.
Siz faoliyatingiz maqsadi va samarasi qanday boʼlishi kerakligini bilmay oʼtib ketishingiz mumkin.
Bundan tashqari yodingizda boʼlsin, ish qanchalik katta boʼlsa, biznes-reja ham shunchalik katta va murakkab boʼladi. Birdaniga batafsil va puxta reja tuzishga urinmang. Osonroq variantdan boshlang.
Lekin albatta yozing.
davomi bor...
#strategiya
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING
Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.
Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.
Bepul treningni tomosha qilish ↗