Maqolalarga o‘tish
komplexsoft.
Bosh sahifa ↗
← BARCHA MAQOLALAR

#Startup_qil, #keys

Micro Бизнес Блог · Matn asl tilida

#Startup_qil, #keys ( КИРИЛЧАДА ТЕКСТ ) Infobiznesmen toʻgʻrisida batafsil. Infobiznes – internet orqali olib boriladigan tadbirkorlik faoliyatining eng koʻp tarqalgan turi. Lekin, haqiqatdan ham shundaymi? Aniqlashga harakat qilamiz. Bir qarashda ahamiyatsiz koʻringan masala ekanligiga qaramasdan yaxshi infobiz 1. Material sifati 2. Foydalanilayotgan bilimlar doirasi 3. Targetga qilingan sarflar 4. Sotuvlar voronkasi orqali amalga oshiriladi. Bularning bari mutaxassislar harakati va ancha-muncha miqdordagi pul sarflanishini talab qiladi. Xattoki agar siz juda noyob va foydali bilimlarga ega boʻlsangiz ham, baribir sizdan ancha kuchli raqobatchi doiralarni yengib oʻta olishingiz kerak boʻladi, internet auditoriya tomonidan bildirilishi mumkin boʻlgan ishonchsizlikni yengishingiz kerak, ularni shu qadar ishontira olishingiz, mahsulotingizni bajonidil xarid qilishlariga erishishingiz lozim. Infobizning yana bir muammosi, yaratilgan mahsulotni 2 yoki 3-martadan koʻp sotish imkoniyati yoʻqligidadir. Chunki, birinchi sotuvdan keyin mahsulot qaroqchi resurslarga oʻtib ketishi va foydalanuvchilar qoʻliga bepul tushishi mumkin boʻladi. Kirish uchun sarf-harajat: Yaxshi mahsulot uchun 3.5 ming dollardan boshlab. Kuchsiz mahsulot uchun esa 1 ming dollardan uyogʻi. Nima kerak boʻladi: Infomahsulotning oʻzi. Tarqatish uchun lending. Targetlangan reklama. Toʻlovlarni olishni avtomatlashtirish uchun vositalar. Xavf-xatar: reklama byudjetini qaytarib ololmaslik, reputatsiya, yaʼni obroʻni tushirib qoʻyish Potensial daromad: Har bir loyihadan muvaffaqiyat qozonadigan boʻlsa, 120-200 foiz. Bitta loyihani ishga tushirish oʻrtacha 1-2 oyni talab qiladi. Shundan soʻng uni tirajga chiqarish mumkin. Asosiy oyoqdan chaluvchi jihat nimada? Soha kuchli raqobatga boy, hatto arzimas xatolik ham reklamaga sarflangan byudjetning koʻkka sovurilishiga sabab boʻlishi mumkin. Shu bilan tamom! Ertaga yana bir biznes gʻoya haqida soʻz yuritamiz! Hali aʼzo boʻlmagan boʻlsangiz, ayni vaqti! Birinchi postlarimizni esdan chiqarmang – bloknot, biznes-rejalar... Biz hali ularga qaytamiz.
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING

Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.

Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.

Bepul treningni tomosha qilish ↗