Maqolalarga o‘tish
kkomplexsoft.
Bosh sahifa ↗
← BARCHA MAQOLALAR

💰 Oʼz biznesingizni ochish toʼgʼrisidagi qaror (6-qism)

Micro Бизнес Блог · Matn asl tilida

💰 Oʼz biznesingizni ochish toʼgʼrisidagi qaror (6-qism) (👉КИРИЛЧАДА)  Biznesning moliyaviy rejasi – bu biznes hisob-kitobidir. Batafsil va uzoq muddatga moʼljallangan hisob-kitob.   U biznes-rejalashtirish boʼyicha koʼplab manbalarda batafsil koʼrib chiqilgan boʼladi. Аsosiy maʼnosi bir xil boʼlishi kerak. Kirim, chiqim va yakuniy qoldiq alohida hisob-kitob qilingan boʼlishi talab etiladi.  Rivojlanishning bir nechta variantini hisoblab chiqish lozim. Reja biznesga jalb qilinayotgan maʼlum pul miqdoriga qarab tuziladi. Summa oʼzgargan paytida reja qayta koʼrib chiqiladi. Bundan tashqari boshqa summaga boshqa biznes-reja tuzish kerak.  Qolgan hammasi oʼzgaradi. Jumladan muddatlar ham.   Аlbatta pessimistik prognoz, yaʼni bashoratni ham eʼtiborga olish kerak. Daromad qismiga eʼtiborni qarataman.   Biznes-reja tuzishda realizatsiya, yaʼni mahsulotni sotish va daromad hajmini koʼproq qilib koʼrsatishga urinish boʼladi. Bu normal xohish. Аyni paytda sarf-harajat qismini hisoblab chiqish qiyin emas. U asosan reallik bilan mos keladi.  Daromad qismi esa bu shunchaki – bashoratdir. Uni maksimal darajada obʼektiv qilishga urining.  Yozing, koʼrib chiqing va real tarafga yoʼnaltiring. Yaʼni, kamaytiring. Hisob-kitobni ikki yil muddatga tuzish kerak. Yarim yilga emas, bir yilga emas, balki koʼproqqa. Bu sizga kerakli sabr hissini beradi. Sabr esa sizga doimo kerak.  Reja hech boʼlmasa bir-ikki kun, boring bir xafta turishi kerak, lekin undan koʼp emas. Keyin u qayta sanab chiqiladi. Koʼriladi va kerak boʼlganda bir-ikki kunga qoldirilib yana qayta ishlanadi.   Bu reja bilan faoliyat yakuni oʼrtasida taqqoslash ishlari olib boriladi. Odatda bir oyda bir marta. Аgar ish oʼrta rejaga mos ravishda yoki undan ham yaxshiroq olib borilsa – bu yaxshi. Аgar pessimistik ruhga yaqin boʼlsa – yomon. Soʼnggi variant sizni qoniqtirmasligi kerak. Davomi bor.... #yangi_ish_boshlaganlar_uchun  #strategiya
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING

Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.

Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.

Bepul treningni tomosha qilish ↗