💰Oʼz biznesini ochish (7-qism)
(👉КИРИЛЧАДА )
Pessimistik – sizni xatoliklardan asraydi.
Oʼrtacha va optimistik variantlar pirovard natija nuqtai nazaridan yanada qiziqarli sanaladi.
Pessimistik – eng yomon variant, lekin u ham eʼtibordan chetda qolishi kerak emas.
Pessimistik rejaning oʼrtacha va optimistik rejadan farqi – koʼproq kamomadli natija hisobga olingan holda tuziladi. Yaʼni, u kamomadli faoliyatda pulingiz qancha muddatga yetib bora olishini koʼrsatadi. Buning ustiga shunchalik kamomadli emas, balki umuman daromad kelmaydigan varianti koʼrib chiqiladi.
Pul aslida ikki-uch oy oldin tugab qolishini hisobga olish kerak. Bu holat sotuvlar hajmining mahsulot turi kamayishi hisobiga keskin pasayishidan kelib chiqadi.
Pessimistik hisob-kitob eng muhim hisob-kitobdir.
Faoliyatning oʼrta va eng yaxshi varianti hisobga olinganda siz biznes yuritishga eng yaxshi bashoratlarni berasiz. Buni qilish juda oson.
Аmalda koʼp hollarda bunday koʼrsatkichlarga erishish qiyin. Baʼzida buning ilojisi yoʼq. Pessimistik tahlil sizga biznes yuritishda ishning borishini real koʼz bilan kuzatib turish va agar kerak boʼlsa yanada faolroq harakat qilish imkonini beradi.
Аgar siz bor-yoʼgʼi ikki oyga yetadigan pulingiz qolganini bilsangiz. Siz yanada faolroq va tezroq fikrlash yoʼliga oʼtasiz. Biznesni kengaytirishda aynan pessimistik prognozni asos qilib olish kerak.
Аgar ishlar mazkur stsenariyga yaqin ketsa, u holda juda toʼgʼri qaror qabul qilish kerak. Bunda hech qanday xatarga yoʼl qoʼyilmaydi. Faqatgina toza, toʼgʼri ekani kafolatlangan va daromadli qarorlar. Bunday paytda maksimal daromad olishga intilmang. kam boʼlsa ham kafolatli daromad oling. Hatoki koʼp boʼlmagan miqdordagi pulning oqib kelishi sizga yuzaga kelgan vazifani yaxshilab tahlil qilib olish imkonini beradi va siz kamroq asabiylashasiz.
Hech qanday sharoitda vaziyatdan makkorlik yoki boshqa yoʼllar bilan chiqishni rejalashtirmang.
Masalan, siz ip sotasiz. Omborxonaga yorqin siyohrangdagi iplarni bosib olib kelishni oʼylamang. Garchi shaharda boshqa hech kimning hayoliga bu fikr kelmagan boʼlsa ham. Toʼgʼrida, hech kim bunday ip sotmay toʼgʼri qiladi. Kimga kerak u oʼzi? Yana shuncha miqdorda? Buning oʼrniga qora va oq, ipak va paxta iplar oʼrtasidagi muvozanatni, bozordagi narh-navoni oʼrganib chiqish kerak.
Faqatgina oddiy hayotiy mantiq nuqtai nazaridan kelib chiqadigan harakatlarga yoʼl qoʼyish mumkin. Bunday paytda shuningdek boshqa narsalar, masalan, poʼlat troslarni qoʼshish yaramaydi. Bunda faqat tushunarli, qiziqarli va nostandart yechimlar maʼqul va ular sizda mavjud tovarga boʼlgan talabni oshirishga xizmat qilishi kerak.
Yana eʼtiboringizni qaratmoqchiman: bunday yechimlar yetarli darajada sodda va oddiy hayotiy mantiq nuqtai nazaridan tushunarli boʼlishi kerak. U albatta boshqalarnikiga oʼxshagan boʼlishi shart emas. Lekin ular sizning xaridoringizni choʼchitib qoʼyishi ham kerak emas.
Rivojlanishning pessimistik variantida bunga yoʼl qoʼyib boʼlmaydi.
“Sabr va ehtiyotkorlik” – bunday holatlarda sizning shioringiz shunday boʼlishi kerak.
Davom bori...
#yangi_ish_boshlaganlar_uchun
#strategiya
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING
Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.
Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.
Bepul treningni tomosha qilish ↗