Maqolalarga o‘tish
kkomplexsoft.
Bosh sahifa ↗
← BARCHA MAQOLALAR

💰Oʼz biznesingizni ochish ( 8-qism)

Micro Бизнес Блог · Matn asl tilida

💰Oʼz biznesingizni ochish ( 8-qism) (👉КИРИЛЧАДА )  Oʼrta variant – demak, siz hammasini birmuncha hisoblab chiqdingiz va eʼtiborga oldingiz. Oʼz biznesingizni rejalashtirishda qoʼpol xatoliklarga yoʼl qoʼymadingiz. Bu sizning ochgan ishingizda yaxshi yoʼnalishda ketayotganingizni bildiradi.  Bundan tashqari bozorni yaxshi bilishingiz va tayyorgarligingiz aʼlo darajada ekanidan dalolat. Yangi ish boshlayotgan tadbirkor (shuningdek tajribali tadbirkor) uchun oʼrta variantning biznesning amaldagi holatiga mos kelishi mazkur tadbirkorning bilim va koʼnikmalari uchun eng yaxshi baho sanaladi. Optimistik – siz nimagadir yetarli baxo bermadingiz va sizning ishlaringiz yaxshiroq ketmoqda.  Bir qarashda hammasi yaxshidek. Lekin siz nimanidir inobatga olmagansiz. Iloji boʼlsa aynan nimaligini bilganingiz yaxshi.   Kutilayotgan daromadga nisbatan ishonchsizlik boʼlganmi, yoki shunchaki omadingiz kelganmi, siz yanada tezroq rivojlanishingiz va qanchalik rivojlanishingizni koʼra olishingiz mumkin.   Ehtimol, siz bozorda yangi yoʼnalish ochdingiz va birinchi boʼldingiz, oxir-oqibat buni tushunib yetishingiz va yetakchilikni saqlab qolishingiz kerak.  Bunda shuningdek, imkoniyatlaringizdan ham koʼra tezroq rivojlanasiz. Katta miqdordagi pullarni ham boshqara bilish kerak. Biznes shuncha pulni yutib yubora olmasligi ayon. “Oshqozonning moliyaviy hazm qilolmasligi” holati yuzaga keladi va bu juda xavflidir.   Odatda muvaffaqiyatlardan boshingiz aylanadi. real hayot ustidan nazoratni yoʼqotasiz. Oʼzingizga boʼlar-boʼlmas pul sarf qila boshlaysiz (yangi mebelь, sekretarь ayol, hammaga yangi kompьyuter va boshqalarga pul ajratasiz) qarabsizki, bankrot boʼlasiz. Bankrot boʼlishingiz aniq.  Shuning uchun optimistik variant ham maʼlum maʼnoda ehtiyotkorlikni talab qiladi va siz bu qadar tez oʼsadigan boʼlsangiz rivojlanayotgan biznesdan qancha pul ishlashingizni koʼrsatadi.  Optimistik moliyaviy rejasiz ham ishni bitirish mumkin. Bu holda biz, yangi ish boshlayotgan tadbirkorlar singari juda uzoqni koʼzlamasak ham boʼladi.  Shu bois, boshlanishiga biznesdan pul undirish bilan cheklanib qolishning oʼzi kifoya.  Ortiqcha pul paydo boʼldimi, olib qoʼying. Vaqti kelganda ishga sarf qilasiz.  Biznesdan pulni chiqarib olish har doim har kim uchun muhim. Buni kelgusida yana koʼrib chiqamiz.   Lekin agar bizning tavsiyalarimiz sizga qiziq boʼlsa. Buni esa siz layk bosish bilan bizga ayon qilasiz. Biz faqat sizning bosh barmogʼingiz yuqorida ekanligini koʼrsak, yana post qoʼyishda davom etamiz.   Ishoning, sizga gapiradigan gapimiz juda koʼp. Davomi bor... #yangi_ish_boshlaganlar_uchun  #strategiya
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING

Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.

Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.

Bepul treningni tomosha qilish ↗