Maqolalarga o‘tish
kkomplexsoft.
Bosh sahifa ↗
← BARCHA MAQOLALAR

💡Qanday qilib vaqt, mablag’ va kuchni tejash.

Micro Бизнес Блог · Matn asl tilida

💡Qanday qilib vaqt, mablag’ va kuchni tejash. Igor Mann va Renat Shagabutdinov “Har kungi biznes-hak” kitobida turli vaqtinchalik xarajatlarni tartibga solishgan. Uning qisqacha natijalari.  Tejashni boshlash uchun:  1. Kundalik rejalashtirishni tartibga solish  Dunyoni qutqarish bekor qilinadi,barcha mavjud ishlarni bajara olmaysiz. Bugungi kun uchun 2-3 ta muhim vazifa-etarlik! O’ta muhim vazifalarni maksimal darajadagi kunning unumdor vaqtiga rejalashtiring. Hammada bu vaqt alohida. O’zingiznikini aniqlab oling. Odatda bu kunning birinchi, soat 9 dan 14 gacha, bo’lgan qismi.      2. Mayda ishlarni yig’ish  Mayda ishlarni guruhlarga ajrating: elektron xatlarni o'qing, muhim fikrlarni yozib oling, qiziqarli lavhalarni birdan o’qib chiqish uchun saqlab qo’ying. Asosiy vazifadan chalg’ib bajarilayotgan ishni diqqat markazidan qochirishimiz mumkin. Inson shunday yaratilgan.  3. “Yo’q” deyishni o’rganish   Mazmunsiz va yoqimsiz suhbatni oxirigacha davom ettirish, zerikarli filmni oxirigacha ko’rish yoki istiqboli bo’lmagan biznes takliflarni o’qishning hojati yo'q. Mo’jizalar sodir bo’lib turadi, lekin sizning vaqtingiz qimmatliroq!    4. Ma’lumotni tasdiqlash kabi foydali odatni shakllantirish  Darhol uchrashuv yoki sovg’a uchun do’konga yugurishdan oldin, qo’ng’iroq qilib kelishuv o’z kuchidaligi, ish vaqti va boshqa kerakli tafsilotlarni aniqlashtiring.   5.DEADline ni dadillik bilan o’zgartirish  Zaruriyat hissi va minimal vaqt ishni ko’proq va tezroq bajarishga ruhlantiradi. Qo’yilgan vazifalarga belgilangan muddatlarni qisqartiring, shunda dangasalikka va tartibsizlikka vaqtingiz qolmaydi. #rivojlanish
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING

Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.

Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.

Bepul treningni tomosha qilish ↗