Maqolalarga o‘tish
kkomplexsoft.
Bosh sahifa ↗
← BARCHA MAQOLALAR

💰Oʼz biznesingizni ochish ( 9-qism )

Micro Бизнес Блог · Matn asl tilida

💰Oʼz biznesingizni ochish ( 9-qism ) (👉КИРИЛЧАДА )   “Noldan biznes” turkumidagi postlarimizni davom ettiramiz. Biznes-rejaning moliyaviy qismiga masʼuliyat bilan yondoshing.  Pul – biznesning yoqilgʼisi. Usiz harakatlana olmaysiz. Boz ustiga moliyaviy hisob-kitob biznesdan olinishi kutilayotgan daromad darajasini koʼrsatib beradi.  U siz uchun juda kam boʼlishi mumkin. Menga tanish bir ayol xizmat koʼrsatish sohasida biznes ochishni maqsad qildi.  Аjoyib biznes-reja tuzdi. Lekin xodimlarga ajratiladigan oylik haqida oʼylamadi. Foizlar hisob-kitobsiz chiqarildi. Yarim yillik faoliyat natijasida uning biznesdan olgan daromadlari qilingan sarf-harajat va kiritilgan mablagʼlarga qaraganda nihoyatda kam boʼlib chiqdi. U ishchilarga juda koʼp haq toʼlab yubordi.   Kamroq toʼlashning ilojisi boʼlmadi. Biznesni butunlay yopishga toʼgʼri keldi. Keyinroq u rejalashtirish davrida ish haqining tahminiy hisobi normal koʼringani, shu bois alohida hisob-kitob qilib oʼtirmaganini aytdi.   Ikkinchi marta boshlash esa har doim qiyin (lekin samarali). Moliyaviy reja tuzayotgan paytingizda yodingizda boʼlsin, siz biznesni bir-ikki yilga emas, oʼn yilliklarga qurayapsiz.  Dastlab batafsil moliyaviy reja oylarga ajratilgan holda ikki yilga moʼljallanib quriladi. Va shu ikki yil biznes uchun eng ogʼir yil sanaladi.  Bu vaqt mobaynda siz oyoqqa turishingiz, tajriba orttirishingiz kerak. Bu davrda biznes ancha ojiz boʼladi. Bu qisqa muddatli rejalashtirish deyiladi.   Аmmo, biznesni koʼrib chiqishning eng avvalboshidan bir necha yil keyingi holatini koʼz oldingizga keltirib ish tuting. Kelgusida har yil uchun batafsil reja tuzasizmi yoki yirik bir reja tuzasizmi, bu sizning ixtiyoringiz.  Biznesning oʼlchamlari va sizning tajribangiz sizga moliyaviy reja tafsilotlari darajasini koʼrsatadi. Davomi bor... #yangi_ish_boshlaganlar_uchun  #strategiya
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING

Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.

Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.

Bepul treningni tomosha qilish ↗