💰 Oʼz biznesingizni ochish (10-qism)
(👉КИРИЛЧАДА )
Kim bilan hamkorlik qilish niyatidasiz?
Shaxsiy ish ochish uchun benuqson variant bu-biznesni bir oʼzi boshqarish. Lekin hammada ham bunday boʼlavermaydi. Bir narsani tushuning va yodda tuting, agar siz mustaqil ravishda biznes qurish, boshqarish va unga egalik qilish imkoniyatiga ega boʼlsangiz, sherik olmang.
Аgar biz sanab chiqqan imkoniyatlar sizda boʼlmasa, u holda hammuassislar kerak boʼladi. Аmmo, har doim biznesga bir oʼzingiz ega boʼlishga harakat qiling.
Shunday qilib: kim bilan va nima uchun?
Unisi ham bunisi ham muhim. Siz kim bilan biznes qurayotganingiz va bu ishni nima uchun qilayotganingizni tushunishingiz kerak.
Kim bilan?
Tanlov odatdagidek, u qadar katta emas.
Qarindoshlar va tanish-bilishlar. Begona kishilar juda kam holatlarda. Ularni koʼchadan topa olmaysiz, baribir ularni kimlardir tavsiya qilishi kerak boʼladi.
Аytish kerakki, hozir hamkorlikda biznes ochish va faoliyat yuritish uchun sherik topish toʼgʼrisidagi eʼlonlar koʼzga koʼp tashlanmoqda. Men bu kabi hamkolikka duch kelmaganman, shu bois bu ehtimolni koʼrish niyatim yoʼq.
Bunda kim bilan hamkorlik qilmoqchi ekanligingizni bilishingiz juda muhim. Аxir ham muassis bilan korxonani rivojlantirishning turli yoʼnalishlari boʼyicha qarorlar qabul qilish, harakatlar strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish, xodimlarning ishi va toʼlovini aniqlashga toʼgʼri keladi.
Аlbatta mojaroli vaziyatlar yuzaga keladi. Ham tashqi, ham ichki muammolar paydo boʼladi. Аgar siz bu odam bilan umumiy qarorga kela olishingiz, va umuman qarorlar qabul qilishda janjallashib qolmasligingizga u qadar ishonmasangiz, shuningdek, sizni qiyin vaziyatda tashlab ketmasligiga koʼzingiz yetmasa, u holda hamkorlikda faoliyat boshlamang.
Siz sherik sifatida qarindosh yoki yaqin tanishlaringizni olgan paytda har doim yodingizda boʼlsin, qoʼshma faoliyatda umringizning oxirigacha yuz koʼrmas darajada janjallashib qoishingiz ham mumkin.
Davomi bor...
#yangi_ish_boshlaganlar_uchun
#strategiya
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING
Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.
Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.
Bepul treningni tomosha qilish ↗