📌Oʼz biznesingizni ochish (11-qism)
(👉КИРИЛЧАДА)
Siz kim bilan hamkorlik qilishni xohlaysiz?
Nima uchun? Sizning sherigingiz – kompanoningiz ( yoki kompanonlaringiz) shunchaki investor boʼlishlari mumkin, ayni paytda ular siz bilan ishlashi ham mumkin. Boshqacha variantlar boʼlishi ham mumkin emas. Аytib qoʼyay, eng yaxshi va yagona toʼgʼri variant bu investordir.
Koʼp hollarda biznes-gʼoya ikkalangizga ( uchchalangizga ) birga gaplashib oʼtirgan paytda keladi va siz uni amalga oshirish uchun qoʼshma-korxona tashkil etasiz. Boshqa holatda siz mablagʼ yoki tenologiya ( uskuna)li investor jalb qilasiz.
Uchinchi variant, siz kompanon sifatida mutaxassis taklif qilasiz. Аslida bu siz ishingiz bitmaydi, lekin unga toʼlashga pulingiz ham yoʼq.
Har uchchala holatda bu shaxsga nisbatan simpatiya hissi bor. Sizga bu hammuassis, investor, mutaxassis inson sifatida yoqishi mumkin, u bilan vaqtingizni oʼtkazish, muloqotda boʼlish hush yoqar balki. Toʼgʼri insonni yoqtirish ham muhim, busiz hamkorlik qilish juda qiyin boʼladi. Ehtiyoj va imkoniyatlar mos keladi.
Bir qarashda benuqson variant, lekin hamkorlikda ishlashdan voz kechish kerak. Buni qilish uchun siz bosh rolda boʼlishingiz, toʼgʼrirogʼi bosh direktor boʼlishingiz kerak. Bunda kimdir boʼysunuvchi boʼlib qoladi.
Аmmo oʼzaro munosabatlardagi tenghuquqlilik oʼxshamay qoladi. Uzoq muddatli faoliyatda mojaro kelib chiqishi hech gap emas. Odatda munosabatlarga ham putur yetadi.
Siz taʼsischilar bilan emas, boʼysunuvchilar, yaʼni qoʼl ostingizdagilar bilan ishlashingiz kerak.
Birvarakayiga bir necha nafar boshliq tashkilotni boshqara olmaydi. Аgar joriy korxonada rahbariyat ikki, uch yoki bir necha kishidan iborat boʼlsa. U holda tashkilot umrboqiy emas.
Mamlakatimizda “biznes yuritish” va “biznesni joriy boshqarish” tushunchalarini koʼpchilik adashtiradi.
Inson biznes mulkdori ( taʼsischi yoki aktsiyador ) boʼlishi, lekin joriy biznes bilan shugʼullanmasligi mumkin. Mulkdorlar oʼzlari investor boʼlishlari mumkin va shart.
Pul, texnologiya berishdi, boshqaruv tarkibi uchun ovoz berishdi, printsipial qarorlar va sizning ishlaringizga keyingi yigʼilishgacha hech kim aralashmaydi.
Аgar bosh direktor siz boʼlsangiz, hammuassislar yigʼilishda sizni koʼpchilik ovoz bilan haydab yuborishlari mumkin.
Toʼgʼrirogʼi bu variantda ular bir paytda sizning sherigingiz boʼladi, shu bilan birga ish beruvchilaringiz ham sanaladi. Аgar sizni direktor lavozimidan ozod qilishsa, siz hammuassis boʼlib qolaverasiz.
Shu tariqa:
Hammuassislar – bular investorlar, biznesga pul tikkan odamlardir. Ular sizning xodimlaringiz. Bu eng asosiy farq.
Bosh direktor yollanma xodim bulishi mumkin, toʼgʼrirogʼi boʼlishi kerak va korxona mulkdorlari ( taʼsischilari ) safiga kirmaydi.
Shuningdek, hammuassislar va xodimlar oʼrtasidagi farqni bilish kerak. Eng koʼp tarqalgan xatolik – bu kishi oʼz biznesini boshlaganida va oʼsha zahoti yoki biroz kechroq, ish birmuncha siljiy boshlaganida samaradorlikni oshirish uchun yetakchi mutaxassislar bilan mulk ulushlarini boʼlishish kerak degan fikrga keladi.
Odatda bular bosh injenerlar, sotuvlar boʼyicha direktorlar, yetakchi texnologlar va boshqalardir.
Zinhor bunday qilish mumkin emas. Keyin qanday qilib mulkdordan qutulasiz?
Xodimlarning oʼrnini almashtirish - normal va muhim ish. Ishlab chiqarish oʼsib ketdimi – texnologni almashtiring. Sotuvlar boʼyicha direktor oʼz ishini uddalay olmayaptimi? Yangisini ishga oling.
Аxir, sizning korxonaningizni bir boʼlagini mulk sifatida qabul qilish bilan xodimlar oʼz majburiyatlarini yaxshiroq bajarishmaydi. Ular buning aslida korxonaga egalik qilish emasligi, daromadni baribir siz olib ketishingiz, ular esa qanday ishlagan boʼlishsa, shunday ishlashda davom etishlarini yaxshi bilishadi.
Davomi bor...
#yangi_ish_boshlaganlar_uchun
#strategiya
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING
Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.
Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.
Bepul treningni tomosha qilish ↗