💡Inovator bo'lishga sizga nima to'sqinlik qiladi?
“Bizda Microsoft da,-Texnik injener Kevin Sauerning aytishicha, qalloblik sindromi o'z "hayoti" bilan yashaydi. Mashhur texnologlarimizdan biri qanday qilib yolg’onchi bo’lib, birovning o’rnini egallash haqida blog yuritadi va atrofdagilar doim buni hisobga olishadi. Yolg'onchi bo'lish deyarli yolg’onchi bo’lmaslikdan obro’liroq bo’ldi. ".
Statistikaga ko'ra, eng zo’r mutaxassislarning 70% dan ko'prog'i o'zlarining yutuqlari yuzasidan vijdon azobini his qilishadi yoki hatto ularni tan olishni rad etishmoqda. Bunday kamtarlik - bu porloq tarbiya yoki qalloblik sindromining namoyon bo'lishi. Shubhalar biznesning xavfli dushmanidir. Biz hoziroq bu dahshatli aylanani buzishni taklif qilamiz:
1.Jarayonga e'tibor qarating. O'zingizdan "Men buni qanday qilaman?" deb so’rang, "Natijada nima qilaman?" deb emas. Shunday qilib, siz nafaqat o'zingizga yordam berasiz, balki biznes-jarayonlarni ham optimallashtirishingiz mumkin.
2.Shubhalar haqida ochiq gapiring. Ochiq bo'lgach, siz nafaqat bir xil muammolarga duch kelgan odamlarning qo'llab-quvvatlashiga ega bo’lasiz, balki o'zingizning qaroringizga ishonasiz.
3.O'zingizning kichik g'alabalaringizni hisobga oling va esingizdan chiqarmang. Ulardan qachonlardir "katta o'yin" boshlangan edi.
Va Hackbright Academy blogidan yana bir narsa. Quyidagilarni qabul qiling:
• Siz bilmaydigan narsalar bor
• Siz hech qachon bilmaydigan narsalar bor
• O'z xohishingiz bilan o'rganadigan narsalar bor.
Ba'zan o'zingizni "dunyoni o'zgartirish"ni xohlaydigan yangi shaxs sifatida taqdim etish juda foydali.
#motivatsiya
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING
Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.
Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.
Bepul treningni tomosha qilish ↗