Maqolalarga o‘tish
kkomplexsoft.
Bosh sahifa ↗
← BARCHA MAQOLALAR

💰O’rganish va yana o’rganish!

Micro Бизнес Блог · Matn asl tilida

💰O’rganish va yana o’rganish! Superjob loyihasining asoschisi Aleksey Zaxarov yaqinda o'tkazilgan intervyularidan birida qiziqarli fikrni bildirdi: "Top-menejerlar bolalar bog'chasida va oilada o'qitiladi. O'qituvchi borasida omadi kulib boqsa,boshlang'ich maktabda bir oz bo'lsa-da o'rgatiladi. Kattalar hech qayerda o'qitilmaydi. MBA dasturlari bo'yicha eng yaxshi biznes maktablarida, ota-onalari kerakli narsalarni o'rgatgan kishilarga yangi ijtimoiy aloqalar o'rnatish va eng yaxshi korporatsiyalarning ish standartlarini o'rganish imkoni beriladi. Bori shu."  Albatta, biznes maktablaridan mo'jiza kutmaslik kerak. Agar bozordagi vaziyat doimiy o'zgarib turadigan bo'lsa, muvaffaqiyatli tadbirkor bo'lishni o'rgatib bo’lmaydi.  Biroq, virus kabi, vaqt, asab, byudjet va imkoniyatlaringizni yeb bitiradigan asosiy biznes jarayonlarni qanday boshqarishni o'rganish mumkin. Biroq, mustaqil ish yuritish jarayonida farzandlar pulni barqaror emas, balki to'g'ri muomalani talab qiluvchi vosita ekanligini tushunishi uchun qimmatli bilim va ko'nikmalarni singdirish ancha yaxshiroq. MBA dasturi bu jihatni o’rgata olishi amrimahol…  Misol uchun, siz ko’p yillardan buyon telefonlar sotasiz. Eski diskli telefonlarning zaxirada yo’qligiga ishonchingiz komilmi? "Qanday daxshat!" deb o'ylaysiz siz. Darhaqiqat, bir paytda bunday mahsulotni darhol yo'q qilish kerak. Lekin hozir emas. Endi esa bu vintaj!  Mobil do'kon egasidan siz antikvar tovarlar egasiga aylanasiz! Ajoyib-a?  Jilmayapsizmi? Vaziyat shu qadar kulgili, ammo bu ochiq haqiqat:  1.Siz biznes egasi sifatida sizning bog'ingizdagi o'tgan yilgi qorni, ya'ni haqiqiy vaziyatni bilmasligingiz mumkin. Demak, siz bunga mos ravishda javob qaytara olmaysiz.  2.O’z nuqtai nazaringiz, stereotiplaringiz va qulaylik zonalaringizdan tashqariga chiqish qanchalik qiyin! Hozirgi kunda ko’p narsalar sun'iy intellekt bo’yniga osilgan. Aqlli dasturlar sezilarli darajada hayotimizni osonlashtiradi. MoneyManager dasturi sizning moliyaviy idrokingizni 180 darajaga o’zgartirishga yordam beradi. Shu bilan birga, kompaniya daromadini va shaxsiy daromadlarni biroz ko’paytiradi...  Ammo bu endi ikkinchi darajali ta'sirlar. Sinab ko’rishni xohlaysizmi? #yangi_ish_boshlaganlar_uchun  #rivojlanish  #strategiya
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING

Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.

Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.

Bepul treningni tomosha qilish ↗