Maqolalarga o‘tish
kkomplexsoft.
Bosh sahifa ↗
← BARCHA MAQOLALAR

📌 Oʼz biznesini ochish (13-qism)

Micro Бизнес Блог · Matn asl tilida

📌 Oʼz biznesini ochish (13-qism) (👉КИРИЛЧАДА)  Biznesni jihozlash va uskunalar Idora binosini jihozlash uchun kerakli narsalarning qisqacha roʼyhati: Xodimlar soniga koʼra stollar. Hisobchiga imkoni boricha eng katta stolni ajratish kerak. Mijozlar uchun ham stol boʼlishi kerak, ayniqsa agar koʼp narsa kutayotgan boʼlsangiz: •  Xodimlar va mijozlar uchun stullar; •  Kompyuterlar ( eng kami bitta ); •  Printer. Ehtimol butun ofisga bitta, faqat tarmoq ishini yoʼlga qoʼyish kerak; nusha koʼchiradigan apparat. Printer, kopir va skanerning oʼrniga koʼp funktsiyalik markaz ishlatish mumkin; •  stolga qoʼyidagigan buxgalterlik kalkulyatori; •  devorga osiladigan soat ( majburiy!); • kantselyariya jihozlari: ruchka, qalamlar, oʼchirgʼichlar, chizgʼichlar, kantselayariya yelimi, matn korrektori, matn ajratuvchi marker, kantselyariya qisqichlari, stepler, steplerga skobalar; ofis qogʼozi ( А4 format ), faks uchun qogʼoz, yozuvlar uchun daftarlar.  Bu haqiqatdan ham kerakli buyumlarning roʼyhati. Qisqa deb atalganiga sabab, haqiqatdan ham ofisda boʼlishi kerak boʼlgan narsalar. Keyinroq choynak, oyna, ofis АTSi kerak boʼladi. Keyinchalik roʼyhatni xohlaganingizcha kengaytirishingiz mumkin boʼladi.  Ofisni jihozlash va buning uchun ketadigan sarf-harajatlarni biznes-reja tuzayotgan paytning oʼzida hisobga olib qoʼyish kerak.   Unda idora jihozlariga kiritiladigan mablagʼlar hajmi koʼzda tutiladi. Shundan kelib chiqib ish tuting. Sizga kerakli boʼlgan narsalarnigina rejalashtiring va xarid qiling. Аvval ishlatilgan narsalarni sotib olishdan uyalmang. Eng avvalo orgtexnika va mebel jihozlari tanlashda.   Kompyuter sizga qancha miqdorda va nima uchun kerakligini aniqlashtirib oling. Eng yaxshisini olishga urinmang. Kerakligini oling. Kompyuterlar juda tez eskiradi. Uncha qimmat boʼlmagan narhga yaxshi mashina olsa ham boʼladi. Eng qimmat mashina ham vaqt oʼtib oʼz qadr-qiymatini yoʼqotadi. Аgar kompyuterning asosiy qismida xat va buyruqlar yozilishi va (buxgalterlik hisobining eng koʼp tarqalgan dasturi ) 1S seriyadagi dastur oʼrnatilgan boʼlishini inobatga oladigan boʼlsak, eng oddiysini sotib olishimiz kerak.   Zinhor multimediali kompyuter olmang. Ovozi sizni ishdan chalgʼitadi ( tinchlikda ishlash samaraliroq boʼlishi isbotlangan ). Qoʼshimcha ravishda oʼyinchoq oʼrnatish niyati ham paydo boʼladi, shu bilan boʼldi, ish bilan shugʼullanishga vaqt ham qolmaydi.   Uyda, pulingiz koʼpayganida oʼynayverasiz. Xodimlarni esa oxirigacha nazorat qilish qiyin. Shuning uchun oʼyinga berilishlariga yoʼl qoʼymang.   Kantselyariyadan faqat kerakli narsalarni va kerakli miqdorda sotib oling. Ishlab topganingizdan keyin ortiqchasi bilan sotib olasiz. Аgar siz nimanidir tejasangiz ( masalan, rejadagidan koʼra arzonroq narhda ijara pulini toʼlasangiz ), xursand boʼlib ketganingizdan qolgan narsalarni koʼproq va qimmatroq sotib olishga shoshilmang. Tejab qolingan pullar xali sizga kerak boʼladi.  Bu qoidaga itoatkorlik bilan boʼysunishingiz kerak. Davomi bor.... #yangi_ish_boshlaganlar_uchun  #strategiya
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING

Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.

Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.

Bepul treningni tomosha qilish ↗