Maqolalarga o‘tish
kkomplexsoft.
Bosh sahifa ↗
← BARCHA MAQOLALAR

📚Global biznes yo'nalishlari: ijodiy iqtisod va "taassurotlar iqtisodi"

Micro Бизнес Блог · Matn asl tilida

📚Global biznes yo'nalishlari: ijodiy iqtisod va "taassurotlar iqtisodi"  Agar siz faqat o'z biznesingizni yaratish yoki modernizatsiya qilish haqida o'ylayotgan bo'lsangiz, u holda siz albatta dunyo qayerga qarab ketayotganligini bilishingiz kerak.  Oxirgi paytlarda asosiy biznes jarayonlar original innovatsion g'oyalar atrofida joylashmoqda. Bas, oddiy sharikli ruchkalarni endi shunchaki sotolmaysiz, ammo sanoat davridagi eng maqbul artefakt sifatida sotish boshqa masala.  Ijodiy iqtisod intellektual faoliyat va yangi g'oyalarni yaratish bilan bog'liq barcha jarayonlarni birlashtirdi. Sanoatlashtirish yuqori professional ijrochilarni, yuksak texnologiyalar asri yaratuvchilar va innovatorlarni tayyorladi. Ijodiy iqtisodiyot quyidagi jihatlari bilan farqlanadi: • axborot va bilimlarning katta oqimi; • ilmiy o'zgarishlar bilan yaqin aloqada bo'lish; • g'oyalarni ishlab chiqarish va ularni amalga oshirishning yuqori tezligi; • haqiqiyligi va mahalliy bozorga yo'naltirilganligi.  "Taassurot iqtisodi" – bu kelajakni iste’mol qilish modeli bo’lib, unda ijtimoiy holatni narsalar holati to’plami emas, balki emotsional tajriba belgilab beradi.  Barclaycard qiziqarli statistikani taqdim etdi: Buyuk Britaniyaning aholisi doimo bo'sh vaqtni maroqli o’tkazish uchun iste’molga ketadigan sarf-xarajatlarini kamaytirib boradilar. 2016-yildayoq IKEA g'arb bozorida savdo bo’yicha yuqori o’ringa chiqqanligini tan olgan edi. Rossiyada o'tgan yillar davomida shahar aholisi oziq-ovqat sarfini 0,9 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlarnikini 1,4 foizga qisqartirdi. Shu bilan birga ko’chada ovqatlanish va madaniyat muassasalariga xarajatlar o'sdi. Xizmat ko'rsatish sohasi yangi yo'nalishlarga moslashtirilmoqda, qiziqarli hamkorliklar yaratilmoqda. Misol uchun, kino yoki muzeyda restoran ochish hozirgi kunda ancha ommalashmoqda va kutilganidan ko’proq foyda keltirmoqda. Manchester shahridagi "Home" madaniyat markazi asoschilari yiliga 550 mingta tashrifni kutishgan edi, aslida 1 mln.dan ortiq bo’ldi, ikkinchi yilda esa 2 millionga yetdi. #strategiya  #internetdagi_fikrlar
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING

Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.

Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.

Bepul treningni tomosha qilish ↗