📌Oʼz biznesingizni ochish ( 14-qism ).
(👉КИРИЛЧАДА )
Xodimlarni ishga olish.
Qarindoshlaringiz va doʼstlaringizni ishga olmang!
Xodimlarni tanlash – eng yoqimsiz ish. Shaxsiy tajribaga tayanib aytishim mumkin – bunga juda koʼp vaqt ketadi. Buning ustiga kerakmas boʼlgan odamlarni ishga olishni boshlaysan. Oʼn nafar yangi xodimdan yettitasini vaqti soati kelib haydashga toʼgʼri keladi. Keyinchalik uchtasi bir amallab ishlab yuradi. Oxiri bittasi qoladi. U ham uzoqqa choʼzilmaydi.
Toʼgʼri, tashkilot mustahkam oyoqqa turganidan soʼng xodim tanlashda tadqiqotlar oʼtkazish ham mumkin boʼladi. Xizmatchi ishlab koʼrdi, yoqmasa haydaladi, boshqasi ishga olinadi. Lekin, rivojlanishning dastlabki bosqichida xatoliklar imkoni boricha kamroq boʼlishi kerak. Sizga nafaqat pul, balki vaqt ham yetmaydi.
Shu bois, sinchkovlik bilan tanlang, uzoqqa yetadigan odamlarni izlang.
Qarindoshlar va doʼstlar haqida alohida. Sarlavhaga chiqarilgan ibora, mening boshimdan oʼtkazgan kechinmalarimdan olingan. Men ishga doʼstlarimni olganman. Qarindoshlarimning qoʼlida ishlaganman. Menga nohaq ekanimni aytishganida, men bu odamni juda yaxshi bilishim, men bilan bunday boʼlmasligini aytganman.
Oxirgi natija – ishdan haydash. Ehtimol, siz ham mening fikrimga qoʼshilmassiz. Bu normal holat.
Baʼzi xatoliklarga oʼzing yoʼl qoʼyganing yaxshi. Shunchaki yodingizda tursin. Qarindoshlar va yaqin tanishlarni ishga olib boʼlmaydi. Qarindoshlar bilan aloqani buzishning eng yaxshi yoʼli – ularni ishga olish.
Siz shunchaki bosh direktor emas, balki biznes mulkdori ham boʼlganingizda sizning ishga boʼlgan qarashingiz, xodimlar qarashidan farq qiladi. Rahbarning vazifasi xodimlar koʼproq ishlashi va kamroq pul topishiga erishish. Xodimlar esa oʼz vazifasini mutlaqo teskari tushunadi.
Bu albatta, ishni soddalashtirish va odamlar uchun har doim ham pul muammoning yechimi boʼlavermaydi, lekin, kapitalizmda biznesning egasi tomonidan yondoshuv aynan shunday.
Shuningdek, yodingizda boʼlsin, inson tomonidan atrof-muhitning qabul qilinishi, uning psixologiyasi vaqt kelishi bilan oʼzgarib turadi. Shunchaki, oʼzingizni soʼnggi 5-7 yildagi paytingizni tahlil qiling. Va bu bunday emasligini tushunasiz.
Shu tariqa siz hozir biladigan odamlar qanchadir muddat oʼtgach, oʼzgarib qoladi, shu jumladan siz ham oʼzgarasiz.
Va nihoyat, eng asosiysi. Rahbar xodimdan mustaqil boʼlishi kerak. Qarindoshga va doʼstga ish buyurish qiyinroq, ularni ishdan haydash qiyin. Javob soʼrashadi, ishga kechikib kelishadi. Jazolash oson emas. Odamda baribir xafagarchilik paydo boʼladi.
Hammasiga qoʼshimcha ravishda siz biznesdan daromad ola boshlaysiz. Xodim esa oylik oladi. Daromad oʼsadi. U sizniki, lekin qarindoshlaringiz va doʼstlaringiz sizdan koʼra kamroq pul olayotganliklaridan xafa boʼlishadi. Bunga qoʼshimcha ravishda sizning harakatlaringiz, sizning biznesingiz, sizning daromadu kamomadlaringiz oila va tanishlar davrasida muhokama qilina boshlaydi.
Bu sizga nima uchun kerak? Mustaqil boʼling.
Davomi bor...
#yangi_ish_boshlaganlar_uchun
#strategiya
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING
Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.
Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.
Bepul treningni tomosha qilish ↗