🎯Moviy fikrlash sayyora bo’ylab harakatlanadi.
Biz ekskursiya qilishni taklif qilamiz.
Valve - Counter-Strike, Half-Life, Dota 2. AQShda, Sietlda kompyuter o'yinlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyaga yo’l olamiz.
• Bu yerda hech qanday boshliq yo'q. Ya'ni, hech kim bir-biriga xo'jayin yoki qo’l ostidagi ishchi emas. Kompaniya prezidenti bor, lekin u ham hech kimga xo'jayin emas.
• Hamma joyda g'ildirakli stollar. Nima uchun? Gap shundaki, xodimlar ofis atrofida erkin harakat qilishadi, bir-birlari bilan jamoada ishlaydi, muayyan maqsadlar va vazifalarni hal qilish uchun ishlaydigan tandemlarni hosil qiladi.
• Valve Dota 2 saytini va funktsional imkoniyatlarini uzoq vaqt davomida yangilamadi, chunki xodimlarning o’zlari ishlarida birinchi o’rindagi vazifalarni qo'yishadi. Ehtimol, bu hali asosiy narsa emas.
• Yangi ishchilar uchun qo'llanmani bu yerdan toppish mumkin http://media.steampowered.com/apps/valve/hbook-RU.pdf
- Xo'sh, qayerga tushib qoldik? – deb so’raysiz.
- Odatdagi "moviy" korxonaga.
Biznes qachonlardir faqat pul topish va texnologik vazifalarni hal qilish uchun mashina bo'lgan. Lekin judayam ko’p vaqt ishda o’tkazish kerak bo’ladi, doimo hissiz “mashina”da yashagingiz kelmaydi. Odamlar keyingi evolyutsion bosqichga qadam qo'yib, oila tur bo'yicha biznes jamoasini tashkil qilishdi. Endi kompaniya o'z-o'zini tashkil etish va ongli ravishda o'z-o'zini rivojlantirishga qodir bo'lgan tirik organizm bo'lishi mumkin, ya'ni moviy.
Amerikalik biznes murabbiy, maslahatchi va yordamchi Frederik Lalu bu haqda "Kelajak tashkilotlarini ochish" kitobida batafsil yozdi. Mana kelajak ham keldi. Moviy kompaniyada hamma o’z-o’ziga tadbirkor. Hamma uchun haqiqiy biznes maktabi.
Ekskursiya tugadi. Biz bilan bo'lganingiz uchun tashakkur! Aloqada qoling!
#rivojlanish
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING
Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.
Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.
Bepul treningni tomosha qilish ↗