Maqolalarga o‘tish
kkomplexsoft.
Bosh sahifa ↗
← BARCHA MAQOLALAR

📌Oʼz biznesingizni ochish ( 15-qism)

Micro Бизнес Блог · Matn asl tilida

📌Oʼz biznesingizni ochish ( 15-qism) (👉КИРИЛЧАДА)   Xodim tanlash boʼyicha yana bir nechta tavsiyalar. 1. Hech kimni rahmingiz kelgani uchun ishga olmang. Zinhor, hattoki shunchaki yordam bermoqchi, savob qilmoqchi boʼlsangiz ham. Biznes mustahkam oyoqqa turgach, katta jamoa yigʼasiz, pulingiz yetarli boʼladi, ana shunday keyin xayriya bilan shugʼullansangiz boʼladi. Ha-ha, xayriya bilan. Ishingiz tijorat-ku, ijtimoiy korxona emas. Yoʼl boshida tadqiqotlar va rahmdillikka yoʼl qoʼyib boʼlmaydi. Toʼgʼri yordamga muhtoj, odamni ishga olish qiyin. Ishdan haydash esa yanayam qiyin.  2. Аynan mavjud ish uchun qancha odam kerak boʼlsa shunchasini ishga oling. Zahira toʼplamang. Hozir mablagʼingiz yetarli emas. Ortiqcha xodimlar umuman kerakmas. Hamma muammolar bekorchilikdan.  3. Rivojlanishning hozirgi bosqichida aynan kerak boʼlgan malakatdagi ishchilarnigina ishga oling. Аgar sizda yaqin yil uchun eksport yoki import koʼzda tutilmagan boʼlsa, tashqi iqtisodiy faoliyat boʼyicha bilimga ega boʼlgan buxgalter olish va unga katta oylik toʼlash bemaʼnilik. Vaqt kelganda shunday xodimni ishga olaverasiz.  4. Ishchilarni haydashdan qoʼrqmang. Buning ustiga, kerak boʼlganda qatʼiy ravishda ishdan haydashni oʼrganing. Rivojlanish, baʼzida esa korxonangizning mavjud boʼlishi aynan shunga bogʼliq. Xodimlarni almashtirishga qoʼrqmang. Аgar tashkilotga mutaxassis kerak boʼlmay qolsa, uzringizni aytib, uning katta yordami tekkanini taʼkidlang, ishlab topgan pulini hammasini bering, boshqa tashkilotdagi kelgusi ishlarida omad tilang. Ishlari sizga maʼqul boʼlayotgan xodimlar bilan iliq munosabatlarni saqlab qolishga harakat qiling.  5. Ishdan haydash jarayonini choʼzmang. Eng qisqa yoʼl eng samarali va eng ogʼriqlidir. Yoqimsiz besh daqiqani chidab oʼting – shu bilan boʼldi. Ishdan boʼshagan xodimni nizomda koʼrsatilgan ikki xaftaga ish joyida qoldirib oʼtirmang. Bugun u oʼz xohshi bilan, normal kayfiyatda ishdan ketishga tayyor boʼlsa, ertaga fikridan qaytishi hech gap emas. Biron narsani rasvo qilishi ham mumkin. Аtayin emas, oʼzi bilmagan holda, kayfiyat yaxshi emas, nimanidir koʼrmay qolishi, nazoratdan chetda qoldirishi mumkin. Ishdan boʼshatish, ishlarni boshqasiga topshirish jarayonini tezlashtiring. Ishdan haydash haqida alohida asar yozish mumkin.  Bu ishga qabul qilishdan koʼra anchayin asabiy va murakkab jarayon. Unga ham oʼrganish kerak. 6.Haydalgan xodimni xafa qilish yaramaydi. Davomi bor... #yangi_ish_boshlaganlar_uchun
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING

Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.

Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.

Bepul treningni tomosha qilish ↗