📌Oʼz biznesingizni ochish ( 17-qism )
(👉КИРИЛЧАДА )
Xodim tanlash boʼyicha yana bir nechta tavsiyalar (davomi)
13. Sizning xodimlarigizga tegishli boʼlgan qarindoshlar va er-xotinlarni ishga olish mutlaqo mumkin emas. Аsosiy sabab – agar ulardan birortasini ishdan haydash kerak boʼlib qolsa, juda qiyin boʼladi. Аyniqsa agar siz yetakchi mutaxassisning qaridoshini, masalan bosh buxgalter, yoki sotuvlar boʼyicha direktorga yaqin odamni ishdan boʼshatadigan boʼlsangiz juda qiyin boʼladi. Shuningdek, agar bu oila boʼlsa, agar oila ichida muammmo yuzaga kelsa, u holda bir yoʼla ikki xodimning muammosiga duch kelasiz.
Yana bir sabab – agar oila aʼzolaridan bittasi sizga yoqmaydigan qiliqlar qila boshlasa, ikkinchisi ham koʼzingizga hunuk koʼrinaveradi. Maqtagan paytda doimo bittasini maqtaysiz. Lekin urushganda ikkalasi ham koʼzingizga balodek koʼrinaveradi. Shu bois bunday tanlov qilishning keragi yoʼq.
14. Xodimlaringiz va boshqalarga oʼzingizni ism sharifingiz bilan taniting. Ishoning, bu juda yordam beradi va xodimlarni intizomli boʼlishga undaydi. Bizning zamonamizda kvaziamerikacha ish uslubi juda keng tarqalgan. Yaʼni bosh direktorni koʼpchilik ismi bilan chaqiradi, boz ustiga sensirashdan ham toymaydi.
Lekin tilimizda insonga nisbatan ism-sharifi bilan murojaat qilish eng avvalo suhbatdoshga nisbatan hurmat belgisidir. Shu bois siz oʼzingizni ism sharifingiz bilan tanitavering. Qolganlar buni qanday qabul qilishi va ular oʼzlarini qanday tanishtirishlari muhim emas.
Аgar bu mehmon boʼlsa, u holda uni ham ism-sharifi bilan chaqirgan maʼqul. Darvoqe, bu koʼpchilikka yoqadi. Qoʼl ostingizdagilarga ham. Xodimlaringiz bilan oʼzaro hurmatda boʼling.
Bosh direktor boʼlgan paytingiz oʼzingizni qanday xohlasangiz shunday tanishtirishingiz mumkin.
15. Kadrlar boʼyicha mutaxassis, aytishlaricha, har yili jamoaning oʼrtacha 10 foizlik qismi yangilanib turishi kerak. Аgar hech bir xodimingiz oʼz xohishi bilan ishdan ketayotgan boʼlmasa, demak, siz yoki juda koʼp haq toʼlayapsiz, yoki kam talab qilayapsiz.
16. Va eng asosiysi. Siz firma xoʼjayini yoki firma direktorisiz. Аtrofingiz qoʼl ostingizdagilar. Ularga ustingizdan oʼz xukmini oʼtkazishiga sira yoʼl qoʼymang. Xizmatchilaringiz bilan zinhor doʼstona munosabat oʼrnatmang.
Xodimlar bilan munosabatlaringiz yaxshi boʼlishi kerak, lekin ogʼayni boʼlib olish shart emas.
17. Tashkilotingiz katta bir oila boʼlishi kerakligi toʼgʼrisidagi fikrlarni kallangizdan chiqarib tashlang. Bunga koʼp vaqt sarflamang. Ertaga birortasi xodimingizga kattaroq miqdorda pul taklif etsa u sizni oʼylab oʼtirmasdan tark etib ketadi.
(Busido printsipi bilan tanishib chiqing ). Vaqtingiz va pulingizni behudaga sarflamang. Oʼz oilangiz bilan shugʼullaning. Bosh direktor boʼlishni oʼrganing.
Davomi bor....
#yangi_ish_boshlaganlar_uchun
#strategiya
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING
Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.
Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.
Bepul treningni tomosha qilish ↗