Maqolalarga o‘tish
kkomplexsoft.
Bosh sahifa ↗
← BARCHA MAQOLALAR

📚Oʼz biznesingizni ochish (19-qism)

Micro Бизнес Блог · Matn asl tilida

📚Oʼz biznesingizni ochish (19-qism) (👉КИРИЛЧАДА) Buxgalterlik hisobi Oʼzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq olib boriladi. Ushbu qonunga katta eʼtibor qarating. Korxonada buxgalterlik hisobi turli yoʼl bilan olib borilishi mumkin. Natija bir-biridan farq qiladi. Аyni paytda moliyaviy hisob-kitob yakuni oʼsha-oʼsha boʼladi.  Buxgalterlik hisobini buxgalterning oʼzi, moliyaviy hisobni esa mulkdor va direktor sifatida oʼzingiz olib borishingiz kerak.  Buxgalterlik hisobida xuddi hayotdagidek qiyin joyi yoʼq. Hisobot davri olinadi, uning davriyligi erkin tanlanadi (odatda bir kalendar oyi), keyin, xuddi buxgalteriyadagidek, - davr boshidagi pul miqdori, keyin oʼtgan vaqt mobaynida kirib kelgan pul miqdori, qancha pul ketgani, yakuniy saldo chiqariladi (kirim va chiqim oʼrtasidagi balans).  Gap shundaki, moliyaviy hisob-kitobda sizni sarf-harajatlar moddasiga koʼra pullar qaerga sarflangani qiziqtirmaydi. Pul keldimi – demak keldi. Ketdimi – demak ketdi. Yoki qaytmaydigan boʼlib ketdi. Masalan, soliqlarga, vaqtga, masalan mahsulotga. Аmmo baribir u pul sizda yoʼq.  Yoki masalan, shaxsiy naqd pullaringiz. Аgar daromad boʼlsa – demak u bor, va siz uni olgansiz. Аgar yoʼq boʼlsa – demak yoʼq. Va siz hech narsani ololmaysiz.  Buxgalterlik hisobida esa pul va daromad real hayot bilan taqqoslaganda boʼlishi ham boʼlmasligi ham mumkin. Bu masalan, siz mahsulotni tushirgan paytingiz, balansda sotuv uchun qayd etishingiz, uning uchun pulni hali olmaganingizda haqiqatga yaqin boʼladi.  Yoki sizga oldindan toʼlov amalga oshirildi, mahsulot hali sotib olinmagan. Buxgalter daromadni hisoblab chiqadi. Pul esa haqiqatdan ham yoʼq. Vaziyat hayotiy.  Uning yuzaga kelishi mazkur operatsiyaning buxgalteriyadagi hisobi uslubiga bogʼliq: “yuklash”(nachislenie) yoki “toʼlov”(kassoviy) metodlar boʼyicha. Variant mustaqil ravishda korxona tomonidan bir yilda bir marta tanlanadi. Qaysi printsip tanlanganiga bogʼliq ravishda yuklashlar turlicha hisoblanadi va soliqlar turlicha ajratiladi.  Shuningdek, amortizatsiya hisobini olib borishda farqlanishlar sezilib qoladi. Qaysidir asosiy vositani (masalan, avtomobil) sotib olar ekansiz, siz xaridni amalga oshirgandan keyin mazkur aosiy vositaning amortizatsiyasi koʼrinishida buxgalterlik hisobidan biridan virtual daromadni qayd etib borishni boshlaysiz. Аslida esa yana pul yoʼq.  Shuningdek, “sarf-harajatlar” tushunchasi ham ajralib turadi. Buxgalteriya uchun bu sarf-harajatlarni korxona sarf-harajatlari sifatida buxgalterlik hisobi boʼyicha qayd etib qoʼyish mumkin, yaʼni soliqqa tortmaslik...  Davlat tomonidan baʼzi narsalarni harajatga kiritish, baʼzilarini esa kiritmaslikka ruhsat etilgan. Nimagadir ruhsat berishsa – u holda siz pulni barcha kerak narsaga (ijara, mahsulot, telefon, oyliq maoshi va boshqalar) ga sarflay boshlaysiz, keyin esa qolgan puldan soliqlar toʼlaysiz va balans daromadini olishni boshlaysiz. Аgar ruhsat berishmasa – u holda siz avval balans hisobini amalga oshirasiz, undan soliqlarni toʼlaysiz, keyin esa oʼzingizga kerakli narsaga pul sarflashni boshlaysiz. Ushbu murakkab kitobni hurmat qiling. Buxgalterlik hisobining muhimligi shundaki, u sizni davlat bilan bogʼlab turadi. Sizning xatolaringiz uchun sizga jarima va penyalar belgilanadi. Oʼlchamlari har xil. Baʼzilar parokanda qilishga qodir.  Shunday holatlarni bilamanki, buxgalterlik hisobida yoʼl qoʼyilgan xatoliklarning dastidan faoliyatni davom ettirgandan koʼra uni yopib qoʼygan afzal boʼlgan.  Oʼrniga yangisi ochilgan. (Аmmo buxgalteriya muammosini hal etishning bunday usuliga qiziqib qolish yaxshilikka olib kelmaydi).  Аyni paytda baʼzida xatoliklar unchalik koʼp boʼlmaydi. Masalan, QQSni bir marta notoʼgʼri hisoblashning oʼzi kifoya.  Buxgalterlik hisobini oʼrganing! Unga katta eʼtibor va ehtiyotkorlik bilan yondoshing. Davomi bor... #yangi_ish_boshlaganlar_uchun
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING

Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.

Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.

Bepul treningni tomosha qilish ↗