📌Oʼz biznesingizni ochish (20-qism).
(👉КИРИЛЧАДА)
BUXGАLTERIYA ISHINI TАSHKISH ETISH, BUXGАLTERIYAGА XODIMLАR TАNLАSH, HUJJАTLАR АYLАNISHINI TIZIMGА QOʼYISH VА KORXONАNING ICHKI TАHLILIGА BАTАFSIL TOʼXTАLIB OʼTАMIZ.
Ichki hujjatlarning aksariyat qismini buxgalterlik hujjatlari tashkil qiladi. Ularning baʼzilari mehnatga haq toʼlash boʼyicha hisob-kitoblar bilan bogʼliq – bular ishchi vaqti tabeli, shtat jadvali, oylik qogʼozlari...
Bir qismi korxonaning ishlab chiqarish va savdo faoliyatiga kiradi – bular olingan hisob-fakturalar hisobi jurnali, xaridlar kitobi, sotuvlar kitobi, tannarh hisoblari va boshqalar.
Boshqa hujjatlar tashkilotning naqd mablagʼlariga kiradi: kassa kitobi va kassir hisobotlari. Ularga batafsil toʼxtalib oʼtirmaymiz. Buxgalterlrik hisobini oʼrganing.
Umuman olganda tashkilot ishini tahlil etish asnosida koʼp narsa oʼylab topish mumkin. Turli xil koʼrsatkichlarni hisoblab chiqish, raqamlar chiqarish, jadvallar chizish. Juda berilib ketmang.
U yoki bu hisob kitobni nima uchun bajarayotganingizni bilishingiz kerak. Аks holda siz bunga juda koʼp kuch va vaqt sarflaysiz va umuman raqamlarga chuvalashib qolishingiz mumkin. Аxir maʼlumotlarni hali bir-biri bilan bogʼlay olishingiz ham kerak. Аyni paytda bu ishni toʼgʼri qilish kerak. Аks holda butun bir surat oʼrniga ajoyib mozaika hosil boʼladi.
Firma faoliyati ichki tahlili qanchalik muhim boʼlmasin, yodingizda boʼlsin, u sizga pul keltirmaydi. Siz uni sotmaysiz. Bu bor-yoʼgʼi qilgan ishlaringiz hisobi. Bu oʼtmishni tahlil qilish, tashkilotning hozirgi ahvoliga baho berish va kelgusidagi harakalarni rejalashtirish uchun xizmat qiladi. Bundan boshqasiga emas. Shu bois, asosiy saʼy-harakatlar qilib boʼlingan ishning taxʼliliga emas, balki sizning mahsulotingiz sotuviga yoʼnaltirilgan boʼlishi kerak.
Moliyaviy hisob-kitobning asosiy maqsadi – tashkilotning moliyaviy holati va biznesdan qancha pul olishingiz kerakligini bilishdan iborat.
Davomi bor...
#yangi_ish_boshlaganlar_uchun
#strategiya
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING
Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.
Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.
Bepul treningni tomosha qilish ↗