Maqolalarga o‘tish
kkomplexsoft.
Bosh sahifa ↗
← BARCHA MAQOLALAR

Oʼz biznesingizni ochish (21-qism).

Micro Бизнес Блог · Matn asl tilida

Oʼz biznesingizni ochish (21-qism). (КИРИЛЧАДА) BOSHQАRUV HISOBI. Men uchun eng mushkul mashgʼulot. Biz buxgalterlik va moliyaviy hisobni koʼrib chiqdik. Boshqaruv hisobi shu ikki hisobning boshi. U boshqaruv maqsadlariga xizmat qiladi.  Umuman olganda, uni “hisob” deb atash unchalik toʼgʼri boʼlmaydi, ammo bu nom hozir mavjud, qoʼllanishga mahkum va qoʼllanmoqda. Umuman olganda ikkita soʼz – “boshqarish” va “hisoblash” soʼzlaridan iborat. Shundan kelib chiqib fikrlaymiz. Boshqaruv hisobi korxonaning keyingi faoliyati uchun vazifalar, harakatlar va maqsadlar rejasidan iborat. U moliyaviy va buxgalterlik hisobi maʼlumotlariga tayanadi. Yana bir formulirovka Boshqaruv hisobi – boshqaruv personali uchun axborotni yigʼish, tahlil qilish va tayyorlash jarayoni boʼlib, u korxona faoliyatini toʼliq koʼrib turish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini beradi. Toʼgʼrirogʼi boshqaruv maqsadlariga xizmat qiladi. Hozirgi zamon adabiyotida boshqaruv hisobi odatda korxona resurslarini boshqarish bilan tenglashtiriladi, yaʼni xomashyo va mahsulotlar zahirasi, tannarh hisobi, homashyo va mahsulotning omborxona boʼyicha harakatlanishi...  Buning uchun korxonani boshqarish boʼyicha mahsus kompyuter dasturlari mavjud. Va bu juda toʼgʼri. Haqiqatdan ham sizning korxonangizning qiymati va zahiralarini boshqarish – boshqaruv hisobining asosiy qismini tashkil qiladi.  Sizning xodimlaringiz uchun boshqaruv hisobi shu bilan tugamaydi. Аmmo, siz rahbar sifatida oldinga, sizning korxonangiz kelajagiga qarashingiz kerak.  Siz boshqaruv hisobi maʼlumotlari yordamida rejalashtirishni amalga oshirishingiz lozim. Rahbar uchun boshqaruv hisobi aynan shuning uchun ham kerak. Siz uning maʼlumotlari yordamida tannarhni qaysi meyorda ushlab turishingiz kerakligi, bu ishni qanday bajarishingiz, qanday zahiraga ega ekaningiz, kelgusi davrda sizning korxonaningiz qaysi vazifalarni bajarishi kerakligini bilib borasiz. Rejalashtirish ishlari asosan, bir yilga, yarim yillikka, chorakka va oyga tuziladi. Bir oy muddatga eng aniq raqamlar, konrket vazifalar belglanadi. Bir yilga umumiy koʼrsatkichlar chamalanadi. Lekin ular orientir vazifasini oʼtaydi. Yaʼni ular bilan doimo solishtirib turish kerak.   Boshqaruv hisobi hamisha biznes-reja bilan solishtiriladi. Shunchaki biznes – reja – bu loyiha, ishlab chiqarishning boshqaruv hisobi esa oʼtgan davrning aniq koʼrsatkichlari asosida ishlab chiqiladi. Davomi bor... #yangi_ish_boshlaganlar_uchun  #strategiya
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING

Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.

Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.

Bepul treningni tomosha qilish ↗