Maqolalarga o‘tish
kkomplexsoft.
Bosh sahifa ↗
← BARCHA MAQOLALAR

Oʼz biznesingizni ochish (22-qism).

Micro Бизнес Блог · Matn asl tilida

Oʼz biznesingizni ochish (22-qism). (КИРИЛЧАДА) DАSTURIY TА'MINOTNI TАNLАSH. Bu postda gap buxgalterlik, moliya va boshqaruv hisobi uchun moʼljallangan dasturiy taʼminot haqida boradi.  Аytish mumkinki, bular korxonaning hozirgi ishi uchun moʼljallangan dasturlar. Dasturiy taʼminotni tanlash juda mushkul ish. Qaysidir maʼnoda hatto xodimlarni tanlashdan ham qiyin. Xodimniku vaqti kelib ishdan haydash mumkin. Xohlasangiz ishga olgan zahotingiz hayday olasiz. Sotib olingan dasturiy taʼminotni esa yoʼqota olmaysiz.  Toʼlangan pulga achinasiz. Unga koʼnikib qolasiz. Xodimlarni qayta oʼqitib pul sarflagingiz kelmaydi. Buning ustiga dastur almashganda maʼlumotlar yoʼqolib qolishi mumkinligidan havotirlanasiz.  Shuningdek, yangi dastur oldingisidek yaxshi ishlashiga ishonchingiz boʼlmaydi. Zamonaviy tashkilotning intensiv ishlashi koʼp jihatdan dasturiy taʼminotga bogʼliq. Tanlangan dastur nafaqat buxgalterlik, balki moliyaviy va boshqaruv hisobini yuritishga yordam berishi kerak. Savdo, ishlab chiqarish va savdo-ishlab chiqarish faoliyatida mahsulot, materallarning harakatlanishi amalga oshadi.  Аgar siz ishlab chiqarishni boshqarayotgan boʼlsangiz – kalkulyatsiya, yaʼni kirim, chiqim, xomashyoga ketadigan sarf-harajat hisobi kerak. Koʼp hollarda tashkilotlar asosiy pul mablagʼiga ega va uni doim hisoblab yurishi kerak boʼladi.  Xizmatlar sohasida odatda birlamchi hujjatlarni yozish bilan qutulish mumkin, omborxona hisobi kerak boʼlmaydi. Bu hisob-kitobni yengillashtiradi va dastur faqatgina buxgalterlik blokiga tirkaladi.  Buxgalterlik hisobini qoʼlda va mahsulotlarning katta hajmli harakatida amalga oshirish juda qiyin. Lekin asosiy muammoni mahsulot, homshayoni chiqarishga qilinadigan hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni keltirib chiqaradi. Nakladnoyga maʼlumotlarni qoʼlda kiritib borish, keyin hisob-fakturalarga tirkash natijasida koʼplab xatoliklarga yoʼl qoʼyish mumkin. Bunday usul koʼp vaqt talab qiladi va kompyuterlarsiz buning uddasidan chiqish qiyin. Hozirgi paytda barcha dasturlarni ixtisoslashtirilgan va umumiyga ajratish mumkin. Umumiylari korxonani boshqarish dasturlari boʼla oladi. Bunday boʼlinish shartli asosda amalga oshiriladi.  Ixtisoslashtirilgan dasturlar ham, korxonani boshqarishga yoʼnaltirilgan dasturlar ham bloklardan iborat boʼladi. Koʼp hollarda bular buxgalteriya, omborxona, ish yuritish, jismoniy shaxslar. Korxonani boshqarish boʼyicha katta dastur odatda umumiy maʼlumotlar bazasiga ega boʼladi.  Davomi bor... #yangi_ish_boshlaganlar_uchun  #strategiya
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING

Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.

Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.

Bepul treningni tomosha qilish ↗