#Oʻyla! #keys #Hayot_haqida
( КИРИЛЧАДА ТЕКСТ )
Biznesni boy berishga olib kelishi mumkin boʻlgan xatolik!
Barcha startaplarning qariyb 95 % muvaffaqiyatsizlik bilan yakun topishining sababi nimadaligini bilasizmi? Balki, odamlar oʻz biznes modellarini notoʻgʻri tashkil qilayotganliklarida deb oʻylarsiz? Javobingiz notoʻgʻri!
Aslida bu juda oddiy – kengayish, pul jamgʻarish va rivojlanishdan koʻra odamlar darrov qoʻlga kiritilgan daromadni sarflashga tushishadi. Ayniqsa, agar daromad qilingan sarf harajatni qoplab ulgurmasidanoq shunday yoʻl tutilsa bu katta xatolik boʻladi.
Aslida qoʻlga kiritilgan daromadni ehtiyotkorlik bilan ishlatish kerak. Bu ish sizga 10 dollar foyda keltirdimi, yoki bir necha ming dollarmi, farqi yoʻq.
Siz oʻz loyihangizni toʻlaligicha qoplamas ekansiz quyida keltirilgan usullardan birini qoʻllab koʻrishingiz shart:
1. Jamgʻarib borish. Yaxshisi bu ishni valyuta koʻrinishida qilgan maʼqul. Chunki, dollar inflyatsiyasi har holda boshqa valyutalarga qaraganda sekinroq yuz beradi. Imkoni boʻlsa tilla sotib olib qoʻygan undan ham yaxshiroq.
2. Daromadning bir qismini rivojlanishga sarf qilgan maʼqul!
3. Muqobil variantlarni koʻrib chiqish.
Bunda hammasi “unisi boʻlmasa bunisi” yoki “biri boʻlmasa boshqasi” prinsipi asosida ishlaydi. Qanchalik koʻp loyiha bilan ish boshlasangiz – ulardan birortasi gʻalaba qozonishiga shunchalik koʻp imkoniyat boʻladi.
Hech oʻylab koʻrganmisiz – nima sababdan bizda biznes qilishga boʻlgan ishtiyoq boshqalar tomonidan qoʻllab-quvvatlanmaydi. Hamma sizga “Qoʻlingdan kelmaydi” degan pessimistik fikrlarni aytishadi.
Amerika Qoʻshma Shtatlarida esa butunlay boshqacha – “oʻxshamasa oʻxshamas, har holda tajriba orttirib olish mumkin”.
Agar daromad jamgʻarib borilmasa yoki undan kengayish maqsadida foydalanilmasa, ertami kechmi boshingiz devorga uriladi, rivojlanish uchun esa mablagʻ topa olmay qolasiz. Shu tariqa siz oʻrta boʻgʻin tadbirkori boʻlib qolaverasiz.
Bu orada bozor mahsulotga toʻlib toshib, butunlay faoliyatni toʻxtatishga toʻgʻri kelib qoladi.
Ehtimol, buning sodir boʻlish muddati birdaniga emas va hatto bir yilda ham emas! Lekin, bunday holat yuz bermasligi uchun qayta investitsiya kiritish kerak! Qayta investitsiyalash va yana qayta investitsiyalash!
Va qachonki siz barcha asosiy loyihlaringizni toʻlaligicha qoplay olsangiz, shundagina daromadni oʻzingizga ishlatish haqida oʻylashingiz mumkin boʻladi.
👍 bosing va yana bir mavzuni ko‘rib chiqamiz.
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING
Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.
Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.
Bepul treningni tomosha qilish ↗