#startap_qil #oʻyla
( КИРИЛЧАДА ТЕКСТ )
Nima uchun biznes?
Nima sababdan bugungi kunda oʻz korxonasiga mablagʻ kiritilishiga olamshumul investitsiya sifatida baho berishadi. Chunki, bu sizning vaqtingizni tejaydi. Vaqt esa – pul demakdir!
Xohlaganingizcha zoʻr mutaxassis boʻlishingiz mumkin va xorijda katta pul evaziga dasturchi boʻlib ishlashingiz mumkin. Lekin bu oʻz shaxsiy mablagʻingizga kichkina bir shaharchada boʻlsa ham korxona ochishingiz va oz-ozdan boʻlsa-da daromadga ega boʻlib borishingizga qaraganda ancha yomon.
Bilasizmi, nima uchun? Chunki, ishda boʻlib – siz mustaqil boʻla olmaysiz, sizning hatti harakatingizni cheklab qoʻyuvchi bir nechta omil bor – boshligʻingizning kayfiyati, siz faoliyat olib borayotgan kompaniyadagi ahvol. Eng asosiysi – siz har kuni kamida 8 soatdan vaqtingizni ishga sarflaysiz, yoʻlga ketgan vaqtingizni eʼtiborga oladigan boʻlsak, yanada koʻproq vaqtingiz sarf boʻlgan boʻladi.
Natijada hayotingiz oʻz oʻzidan “uy/ish/uy” tizimiga aylanadi. Shu tariqa oʻzingiz bilmagan holda oʻn/yigirma yillik vaqtingizni boy berasiz. Bundan tashqari, har qanday kompaniya siz kamroq pul topishingizdan manfaatdor boʻladi. Yaʼni oʻz imkoniyatlaringizni ishga sola olishingizga yetarli boʻlmagan miqdorda pul topishingizni xohlaydi.
Har qanday biznesni avtomatlashtirish mumkin. Mayli birdaniga boʻlmasin, balki bir yildan keyin. Mayli daromadning bir qismi boy berilsin. Lekin, keling oddiy hisob-kitob qilib koʻraylik.
Aytaylik, siz Silikon vodiysida dasturchisiz – sizning yillik moshingiz 100 ming dollarni tashkil qiladi.
100 ming dollar bu 12 oylik faoliyat degani. Har oyda 4 tadan xafta bor. Har xaftada 80 ish soati. Siz demak soatiga oʻrtacha 26 dollardan haq olasiz. Bu esa unchalik koʻp emas.
Endi tasavvur qilib koʻramiz, siz tadbirkorsiz, savdo doʻkonlari tarmogʻini ochgansiz – ularning har biri oyiga 1000 dollardan daromad keltiradi. Aytaylik bitta doʻkoningiz bor. Sotuvchingiz, mahsulot sotish tarmogʻingiz ishlab turibdi.
Demak siz yiliga 12 ming dollar ishlaysiz. Lekin! Sarflayotgan vaqtingizni ham hisoblab qoʻysak.
Siz bir oy ichida xaridlaringiz uchun 10-12 soatdan muzokara olib borishigiz kerak. Savdo shaxobchasiga bir necha bor borib kelish. Soliqlar toʻlash. Jami – avtomatlashtirilgan holda 30-40 soat vaqtingiz ketadi. Bu esa soatiga 25 dollar degani. Buning ustiga siz bularning barini uyingizdan chiqmay turib bajarasiz.
Biznesingiz biroz kattaroq boʻlsachi? Daromadingizni qayta investitsiyaga sarf qilsangizchi? Mana sizga javob!
Bugunga etar! 👍 bosing va ertaga yana bir mavzuni ko‘rib chiqamiz.
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING
Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.
Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.
Bepul treningni tomosha qilish ↗