Maqolalarga o‘tish
kkomplexsoft.
Bosh sahifa ↗
← BARCHA MAQOLALAR

​​📚 Robert Kiyosakining arsenalidan bir qancha fikrlari

Micro Бизнес Блог · Matn asl tilida

​​📚 Robert Kiyosakining arsenalidan bir qancha fikrlari Robert Kiyosaki kelib chiqishi yaponiyalik bo’lgan, amerikalik tadbirkor, investor va yozuvchi. "Boy Ota, Kambag’al Ota" va "XXI asr Biznesi" bestsellerlari muallifi. Uning asosiy g'oyasi: har bir inson muvaffaqiyatli va moliyaviy jihatdan o’ziga to’q bo'lishi mumkin. Formulasi oddiy: mustaqil harakat qilishdan, ya’ni o’z biznesingizni ochishdan qo'rqmaslik, doimo o'rganish va to’g’ri fikrlash. Noodatiy fikrlovchi tadbirkor shunday maslahat beradi: 1. O'z biznesingizni yarating. Ha, xavf-xatarlar bor. Faqat shundagina siz investitsiyalar uchun dastlabki kapitalni topishingiz mumkin. Xato va hatto halokat – vaqtinchalik hodisa, qashshoqlik esa nuqson emas, o'zingiz tanlang. 2. Pul uchun ishlamang. Ofisda kechayu kunduz ishlashning muvaffaqiyat va boylikga aloqasi yo’q. Lekin uzoq vaqt suyanish mumkin bo’lgan "shift"ni juda tez topishga yordam beradi.  3. Iste'mol tizimi yo’rig’iga yurmang. Dunyoni passivlar qo'lga kiritdi: elita ko'chmas mulk, qimmatbaho avtomobillar va hashamatli hayotning boshqa jihatlari. Ammo buning hammasi pul olib kelmaydi, balki faqatgina oylik harajat va xizmat ko'rsatishni talab qiladi. Aktivlar bu haqiatdan ham sizning bank hisobingizdagi nollar sonini oshiradiganlaridir: biznes, investitsiyalar, ijaraga berilgan ko’chmas mulk va boshqalar.   4. Pul yo'qotishdan qo'rqmang. Investitsiya - amaliy tajriba masalasidir. Zarar ko’rmasdan iloji yo’q. 5. O'rganing va rivojlaning. Jaholat, odatda, o’rganishga qilingan xarajatlardan qimmatga tushadi. Robert Kiyosakining yana bir qiziqarli fikri - pul oqimi kvadrati. Uning chap tomonida yollanma ishchilar va kichik biznes egalari, o’ng tomonida esa yirik biznes egalari va investorlar mehnat qiladilar. Ularning fikrlashi va hayot tarzi bir-biridan keskin farq qiladi. Chap tomonda xavfsizlik yuqori baholanadi, o’ng tomonning qarashlari erkinlikka yo’naltirilgan.  Siz qaysi tomondasiz? #rivojlanish, #strategiya
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING

Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.

Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.

Bepul treningni tomosha qilish ↗