Maqolalarga o‘tish
kkomplexsoft.
Bosh sahifa ↗
← BARCHA MAQOLALAR

​​💪Ishga kirishing!

Micro Бизнес Блог · Matn asl tilida

​​💪Ishga kirishing! (👉КИРИЛЧАДА) Til o‘rganish nima uchun kerak? Eng avvalo gap rus va ingliz tillari haqida ketmoqda. Shunday qilib: Rossiya jahon siyosatida juda muhim rol o‘ynaydi. Mamlakatda qariyb 145 million aholi yashaydi. Kichik korxonlar soni esa 6 milliontadan ortiq. Bu allaqachon ishini yo‘lga qo‘yib olgan tadbirkorlar tajribasini o‘rganish, shuningdek, bosh biznes-trendlarning rivojlanishini kuzatib borish uchun ajoyib imkoniyatdir. Dunyoda qariyb 270 million kishi rus tilida so‘zlasha oladi. Bu esa G‘arbda rus tiliga bo‘lgan talab yuqoriligidan dalolat. Bundan tashqari Rossiya dunyo bo‘yicha fan va texnologiyalarni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.  Ingliz tilini yaxshi bilsangiz, siz bemalol o‘z-o‘zingizni tarbiyalash bilan shug‘ullanishingiz mumkin bo‘ladi. Sir emaski, aksariyat marketing texnologiyalari G‘arbda, xususan AQSH paydo bo‘lgan. Tajriba tariqasida: www.entrepreneur.com saytiga kiring va sizning joylashgan xududingizga unchalik to‘g‘ri kelmasa-da, sizga fikrlash uchun ozuqa vazifasini bajaruvchi turli xil franshizalar ro‘yhatini ko‘zdan kechiring va baho bering. Bundan tashqari, saytda endigina ish boshayotgan tadbirkorlar uchun ta’lim-tarbiya materiallari taqdim etiladi. Agar siz ingliz tilini tushunmasangiz – muammo yo‘q metatarjimondan foydalaning -http://mrtranslate.ru/translators/website.html Tillarni bilish biznes uchun imkoniyatlar va o‘sish istiqbollarini oshiradi.Muloqot doirasini kengaytiradi.Ta’til paytida o‘zingizda yanada kuchliroq ishonch hosil qilishingiz, dam olish bilan bir paytda mahalliy ommaviy axborot vositalaridan o‘zingiz uchun axborot to‘plashingizga imkon beradi.Xorijiy tillarni bilish – qo‘shimcha daromad uchun imkoniyat. Shuningdek, onlayn ta’lim olish – vebinar va mahorat-darslarida ishtirok etish imkonini beradi. Tillarni bilar ekansiz, siz biznes haqidagi filmlarning asl nushasini ko‘rishingiz, badiiy tarjima natijasida o‘zgarib ketishi mumkin bo‘lgan eng mayda, muhim detallarini ham tushunib olishingiz mumkin bo‘ladi. Filmni shu erda tanlashingiz - https://is.gd/T63EVh, subtitrlarni http://www.videolan.org/ xizmati yordamida kiritishingiz mumkin. Tomoshadan zavq oling! #strategiya
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING

Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.

Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.

Bepul treningni tomosha qilish ↗