📎Kelajak kasbi
(👉КИРИЛЧАДА)
Biz har doimgidek oddiy tarzda kun kechirar ekanmiz, qaerdadir, parallel reallikda ilm-fan, robototexnika va taraqqiyot etti milyalik qadam bilan ildamlab ketmoqda. Insoniyatni yaqin 10-15 yilda aynan shu holat kutmoqda.
Virtual reallik uskunalari bozorining o‘sishi. Shu munosabat bilan VR dizayneri kasbi istiqboli porloq bo‘lib boraveradi.
Global robotlashtirish. Roboetika bo‘yicha advokatlar Sun’iy intelekt insoniyat olamida qaysi asoslarda faoliyat yuritishi mumkinligini aniqlashadi.
Dunyoning eng zo‘r muzeylari bo‘ylab uyingizdan chiqmay turib sayr qilishingiz mumkin. VR va digital-ekskursovodlar sizlarga yordamga keladi.
“Aqlli uy”da choynak o‘zi toster bilan kelishib nonushta tayyorlaydi. Buning uchun sifatli kompyuter dasturi kerak, “buyumlar interneti” tahlilchilari hush kelibsiz.
Kosmik turizmni rivojlantirish kosmik gidlarning kareraviy o‘sishi uchun “samoviy” istiqbollar ochadi. Tayyorgarlik uchun vaqt etarli: ekspertlar kosmik bom boshlanish muddatini 2030 yil boshlariga tahmin qilishmoqda.
Dunyo inson miyasini kompyuterlar bilan uyg‘unlashtiruvchi neyrointerfeyslar nima ekanligidan xabar topishadi.
Shaxsiy ma’lumotlar kuratori axborotni moslashtirish va tizimlashtirilgan bir oqimga joylashtirishga yordam beradi.
Sayyoraning ekotizimlarini tiklash bo‘yicha mutaxassis ham asqotadi. Izohga hojat yo‘q. Er sayyorasi allaqachon eskira boshlgan.
Doimiy oziqlantirish tizimlari ishlanmasi bo‘yicha mutaxassislar barqaror energetikaga o‘tishga yordam berishadi.
3D-bosmani loyihalashtirish. 3D texnologiyalar hozir keng qo‘llanilmoqda. Dunyoni o‘zgartirishni hozirdan boshla.
Maynd-fitnes bo‘yicha trener hammaga kerak. Zero, biz hammamiz dangasamiz, o‘z salohiyatimizni ishga solmaymiz. Ayni paytda, tezkor o‘qish sirlari, a’lo darajadagi xotira va kuchli motivatsiya hali hech kimga pand berganicha yo‘q.
Shu tariqa, tizimli fikrlashni o‘rganish, yuqori texnologiyalarni har jihatdan o‘rganish, xorijiy tillarni egallash va shaxsiy samaradorlik tizimini takomillashtirish – bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan.
Mazkur maqola Microsoft va Future Laboratory tomonidan 2017 yilda olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra tuzilgan.
#rivojlanish
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING
Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.
Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.
Bepul treningni tomosha qilish ↗