Maqolalarga o‘tish
kkomplexsoft.
Bosh sahifa ↗
← BARCHA MAQOLALAR

​​📎Ishlar ro‘yhatini qanday tuzish mumkin?

Micro Бизнес Блог · Matn asl tilida

​​📎Ishlar ro‘yhatini qanday tuzish mumkin? (👉КИРИЛЧАДА) Erik Larssendan beshta maslahat Ro‘yhatlar doim tuzib borilishi kerak, kallada barcha muammolarni saqlab yurish yaramaydi. Hamma narsani yodda tutish majburiyati odamni yeb tashlaydi. Masalan biz har doim ichki kiyim kiyishimiz, kalit va qo‘l telefonimizni yonimizda olib yurishimiz odatiy holga aylanganidek, ishlar ro‘yhati ham mana shunday muhim bir narsa. Men sizga aynan shuni maslahat beraman. Siz paydo bo‘lgan vazifalar yoki topshiriqlarni o‘sha o‘sha joyga istalgan paytda yozib yurish imkoniyatiga ega bo‘lishingiz kerak. Farqi yo‘q, bu yangi tish cho‘tkasini sotib olish kerakligi bo‘ladimi yoki ish bo‘yicha ulkan bir g‘oya bo‘ladimi... Aytaylik, siz bu vaqtda poyezdda ketayapsiz, uchrashuvda o‘tiribsiz yoki dam olayapsiz. Har qanday sharoitda siz o‘z vazifalaringiz ro‘yhatini tuzib yurishingiz kerak. Shuning uchun ro‘yhatingiz yoningizda tursin. Jumladan, krovatingiz yonidagi tumbochkada ham. U elektron ko‘rinishda bo‘ladimi yoki bir parcha qog‘ozga qo‘lda yozilgan bo‘ladimi, farqi yo‘q. Asosiysi - siz uni kun davomida faol ishlatib yurishingiz kerak. Qayd qilib boring! #rivojlanish
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING

Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.

Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.

Bepul treningni tomosha qilish ↗