💰Jamg‘arma yo‘qligi
(👉КИРИЛЧАДА)
Aksariyat odamlar qiyin davrlar istalgan paytda kelib qolishi mumkinligini o‘ylab, o‘z ixtiyorlarida hech bo‘lmaganda 3 oyga yetarli mablag‘ ushlab turishga o‘rganib qolishgan.
Biz kundalik hayotda shunga o‘rganib qolganmiz. Lekin negadir biznesda bu postulatga ko‘p ham amal qilavermaymiz. Nima sababdan biz bor pulimizni o‘zimizning tijorat korxonamizga sarmoya sifatida kiritib yubormiz-da, tanazzullik yuz berishi mumkinligini o‘ylamaymiz, bir-ikki sum yashirib ham qo‘ymaymiz.
Ikki oy mobaynida sotuvlar rejasining bajarilmasligi yoki kutilmagan sarf-harajatlar ehtiyot chorasini ko‘rib qo‘ymagan har qanday tijorat korxonasining parokanda bo‘lishiga olib keladi.
Ekspertlarning fikricha, har doim operatsion sarf-harajatlar uchun mablag‘ bo‘lishi kerak. Ushbu mablag‘ ikki oydan yarim yilgacha biznesni maromida ushlab turish imkonini beradi. Bunday ehtiyot chorasi sotuvlar darajasi pasayishidan kelib chiquvchi farqni qoplash imkonini beradi. Shuningdek, noto‘g‘ri rivojlanish strategiyasi tanlangan holda orqaga qaytish jarayonini sustlashtirish va biznesni boshi berk ko‘chadan olib chiqishga ko‘maklashadi.
#strategiya
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING
Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.
Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.
Bepul treningni tomosha qilish ↗