Maqolalarga o‘tish
kkomplexsoft.
Bosh sahifa ↗
← BARCHA MAQOLALAR

💰 ROI nima, yohud “marketologlar eslatmalari”.

Micro Бизнес Блог · Matn asl tilida

💰 ROI nima, yohud “marketologlar eslatmalari”. (👉КИРИЛЧАДА) ROI abbreviaturasi Return On Investment, ya’ni investitsiyalarni qaytarish koeffitsienti ma’nosini anglatadi. ROI formulasini moliyachilar va potensial investorlar juda yaxshi ko‘rishadi – ular, biznesga kiritilgan mablag‘lar qanchalik rentabelli ekanligini ko‘rsatib turadi. Bugun investitsiyalarni qaytarish koeffitsienti internet-marketologlar va onlayn-loyihalarning egalari tomonidan faol qo‘llaniladi. ROI yordamida reklama kampaniyasi samaradorligi, shuningdek, ma’lum bir mahsulotlar yoki butun bir guruh tovarlarning hayotga layoqatliligini hisob-kitob qilish mumkin. ROI hisobi variantlari butun bir darslikka etadi. Lekin biz ikkita oddiy formulani ko‘rsatamiz, siz ularning ma’lumotlarini solishtirib qaysi yo‘nalishda olg‘a harakatlanishni aniqlab olasiz. 1. ( daromad – mahsulot tannnarhi )/investitsiyalar miqdori*100%. 2. Davr oxiriga investitsiyalar miqdori+(tanlangan davrdagi daromad-kiritilgan investitsiyalar miqdori)/o‘zlashtirilgan investitsiyalar miqdori Birinchi holatda siz umumiy ma’lumot olasiz: agar natijada 100 dan oshadigan raqam hosil bo‘lsa, hammasi a’lo, kiritilgan sarmoya o‘zini o‘zi qoplaydi. Agar kamroq bo‘lsa – yana o‘ylab ko‘rish va g‘oya ustida ishlash kerak. Ikkinchi formulada aktivlarga egalik vaqtidagi daromadlarni aks ettiruvchi vaqt ko‘rsatkichi e’tiborga olinadi. Agar kelib chiqqan raqamlar sizni qoniqtirmasa, bosh qotirish uchun mavzu bor deyavering. Har doim, har erda sanab yurish kerakmi? Yo‘q, har doim emas. Hammasi vaziyaatga bog‘liq. Ayni paytda, aniq raqamlar bo‘lmasa, kreativ fikrlar hech kimni qiziqtirmaydi va buni e’tiborda tutish kerak.  Biznes qil – lekin sanashni unutma! #strategiya
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING

Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.

Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.

Bepul treningni tomosha qilish ↗