Maqolalarga o‘tish
kkomplexsoft.
Bosh sahifa ↗
← BARCHA MAQOLALAR

​​#Oʻyla!

Micro Бизнес Блог · Matn asl tilida

​​#Oʻyla! ( КИРИЛЧАДА ТЕКСТ ) Yaxshi haq to‘lanadigan ishmi yoki past daromadli biznesmi Bugun yana bir bor kasb tanlash yoki turli sohalarda biznes qurish o‘rtasidagi tanlov masalasiga qaytish istagim bor. Ko‘pchilikning fikricha, Biznes – juda zo‘r narsa! Bu cho‘ntakda millionlab dollar mablag‘ bo‘lishi, mashina, uy-joy, go‘zal hayot... Aslida esa real hayot biz o‘ylaganchalik xavas qiladigan darajada emas. Birinchidan biznesmen ajoyib amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan odam (masalan, dasturchi) dan ham ko‘ra kamroq daromad qilishi mumkin. SHu tariqa tog‘a yoki amakisiga ishlash emas, balki pul topishni boshlash kerakligi to‘g‘risidagi sarob orzular bir zumda puchga chiqishi hech gap emas. Tog‘a yo amakisiga ishlagan odam eng avvalo ko‘p narsalar bilan qiziqib ham ko‘rmaydi. Masalan, ishning qay darajada daromadli ekanining unga qizig‘i yo‘q. Asosiysi, oylik maoshini o‘z vaqtida olib tursa, tibbiy sug‘urta bilan ta’minlansa – yiliga 1-2 marta ta’tilga chiqib tursa bo‘lgani. Ayni paytda u ushbu lavozimda oyiga 1000-2000 dollar pul topishi mumkin. Bordiyu, xorijiy kompaniyaga ishlasachi, u holda ish haqi miqdori bir necha xissa oshishi mumkin. Ana endi o‘rtacha daromadli biznesmenni olaylik. Aytaylik, bu biznesmenning dam olish kuni yo‘q. Normali ish kuni ham yo‘q. Toki, telefoningiz yoqiq ekan – demak siz ishdasiz. Axir 1001 ta savol borki, bu savollarni sizning ishtirokingizsiz hal etish qiyin. Ta’tilga kelsak? Xa! Uni istalgan vaqtda tashkillashtirib yuborish mumkin. Ammo, bir narsani yoddan chiqarmang – boshlang‘ich bosqichlarda ish yuritayotgan biznesmenlarning sarf-harajatlari – bu faqat mehmonxona, yo‘llanma to‘lovlariga ketadigan harajat emas, balki daromaddan voz kechish hamdir. Chunki, biznesmen, ta’tilga chiqmagan bo‘lganida ma’lum miqdorda daromad qilgan bo‘lar edi. Bundan tashqari, biznes bu tavakklchilik. Statistikaga ko‘ra – tadbirkorlik loyihalarining 80% amalga osha boshlagan birinchi yilning o‘zidayoq parokandalikka uchraydi. Qolgan loyihalarning yana 80%  ikkinchi yil yopiladi. To‘g‘rirog‘i, nol foydaga ishlaydi. Agar biznes qarz hisobiga qurilgan bo‘lsa, demak bu nol minusga kirib ketadi. Bu deganimiz, biznes yomon deganimizmi? Yo‘q! Ehtimol, uchinchi yildan boshlab biznesingiz qurilgan paytdan buyon kiritilgan sarmoyaning 30 foizi miqdorida dividendlar keltirish mumkin. Biz biznes tarafdorimiz, negaki, unda oylik maoshi singari cheklov yo‘q – va agar elkangizda kallangiz va kerakli vositalaringiz bo‘lsa – siz pul topishingiz mumkin. Ayni paytda kichkinagina shaharchangizdan chiqmay turib Kaliforniyada ishlaydigan eng zo‘r dasturchidan ham ko‘proq pul topasiz. Ammo, yo‘l-yo‘lakay uchraydigan xavf-xatarlardan ehtiyot bo‘ling. Eng asosiysi – muvaffaqiyatli tadbirkorlik yo‘liga turib – nimadandir voz kechish kerakligini ham unutmang. Yakunida esa avtomatlashtirish to‘g‘risida gapirib o‘tmoqchimiz. Ishlaringizni shunday rejalashtiringki, ertami kechmi – barcha mehnat jarayonlari sizning nazoratingizsiz ham amalga osha olsin. O‘shanda, va faqat o‘shanda – siz orzularingizni amalga oshira olasiz. Yil bo‘yi dam olish va xali etti pushtingizga ham etadigan darajada pul topadigan qilib ishlashingiz kerak! 👍 Birgina xabarga layk bosish va do'stlarga ulashish orqali kanalni qo'llab turishingiz mumkin!🙏
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING

Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.

Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.

Bepul treningni tomosha qilish ↗