Maqolalarga o‘tish
kkomplexsoft.
Bosh sahifa ↗
← BARCHA MAQOLALAR

💰Sizni qurshab turgan axborot maydonini filtrlashga oʻrganing.

Micro Бизнес Блог · Matn asl tilida

💰Sizni qurshab turgan axborot maydonini filtrlashga oʻrganing. (👉КИРИЛЧАДА) Hozircha xarid qilishga qurbingiz yetmaydigan hashamdor uy va avtomobillarning tasviri aks ettirilgan telekoʻrsatuv va Instagram postlarini tomosha qilishga behuda vaqtingizni sarflamang. Motivatsiyangizni toʻgʻri yoʻlga yoʻnaltiring. Bu barqaror moliyaviy baza tashkil etishga qaratilgan saʼy-harakat emas, balki sizdagi pul mablagʻini toʻgʻri sarf qilishga qaratilgan orzulardir. Yaxshisi, shaxsiy erkinligingizga intilishga harakat qiling. Tasavvur qilib koʻring, moliyaviy muvaffaqiyat tufayli hayotingiz qanchalik oʻzgarishi mumkin? Bir zum oʻylang, qarzlardan qutulishning yoʻllari bormi?  Yoki shugʻullanib turgan ishingizni tashlab, koʻnglingizga yaqin mashgʻulotga oʻtishingiz uchun mablagʻ toʻplab olish kerakmikin?  Oʻylab koʻring, umuman ishlamay qoʻysangiz, hayotingiz qay koʻrinishga keladi. Shu manzarani miyangizda saqlang. Fikr qiling. Sizga qimmatbaho buyumlarga egalik qilish orzusi emas, aynan shu manzara motivatsiya vazifasini oʻtasin.
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING

Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.

Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.

Bepul treningni tomosha qilish ↗