Maqolalarga o‘tish
kkomplexsoft.
Bosh sahifa ↗
← BARCHA MAQOLALAR

💡Yangicha fikrlash

Micro Бизнес Блог · Matn asl tilida

💡Yangicha fikrlash (👉КИРИЛЧАДА ) Hayotingizni yangitdan boshlashni xohlasangiz, dushanbani kutib oʻtirmang, yangicha fikrlashga kirishing. -Hoʻsh, “yangi hayot” – nima oʻzi?  -Inson oʻz hayotini dushanbadan boshlashi mumkinmi?  -Boʻlmasa qaysi kundan boshlashi kerak? -Aksariyat odamlar oʻz hayotlarini yangitdan boshlamoqchi boʻlganlarida nima qiladilar?  Ular yangicha odatlarga oʻrganadilar. Masalan, yugurish odati, ikki litrdan suv ichish, kuniga 30 sahifadan kitob oʻqish, boshqalardan hafa boʻlmaslik va h.k. Koʻpchilikning fikricha, hayotni yangitdan boshlash – boshqa yana nimadir qilishdan iborat. Hattoki, foydali odatlarni hayotga tadbiq etish boʻyicha koʻrsatma beruvchi kitoblar ham bor. Ammo bu yangi hayot emas. Bu sizning odatdagi hayotingiz + nimanidir boshqacharoq shaklga keltiruvchi hatti-harakatlaringiz, ammo bu harakatlar sizni oʻzgartirishi qiyin boʻladi. Hayotni yangilashga shunday intilingki, harakatlaringiz boshqa natija bersin. Buning uchun siz avvalo boshqacha fikrlashni boshlashingizga toʻgʻri keladi. Masalan, agar birov bilan munosabatlaringizda muammo paydo boʻlsa, palov pishirishni oʻrganishingiz, ozishga harakat qilishingiz yoki kitob oʻqishni boshlashingiz bilan hech narsani oʻzgartira olmaysiz. Harakatlaringiz birozgina turtki vazifasini oʻtashi mumkin xolos. Asosiy sabab sizning oʻzingizga va boshqalarga nisbatan munosabatingizda, sabab xulq-atvoringiz va fikrlashingizda. Biznesingiz daromadli boʻlishiga erisha olmasangiz, shuni bilingki, sabab siz ishga sarflagan vaqtingizda emas, balki mana shu vaqt ichida nimalar qilganingizda. Siz yondoshayotgan strategiyada. Siz ishga qanday maqsad bilan yondoshishingizda. Siz eskicha fikrlashingizga yangicha odatlarni ham qoʻshadigan boʻlsangiz, aytish mumkinki, siz eskirib ketgan, kir kostyumga yangi tugmacha qadab qoʻygansiz, aslida siz oldin kostyumni yuvishingiz, undan ham yaxshisi, yangi kostyum xarid qilishingiz kerak edi. Yangi hayot – yangicha fikrlash. Va u dushanbadan boshlanmaydi, balki, boshqacha fikrlashga kirishgan paytingizda boshlanadi. Endi tan olingchi, tez-tez dushanbadan yangicha hayot boshlashga urinib koʻrganmisiz? #strategiya
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING

Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.

Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.

Bepul treningni tomosha qilish ↗