#Oʻyla!
( КИРИЛЧАДА ТЕКСТ )
Biznes falsafasi mavzusini davom ettirar ekanmiz, keling biznes va biznesmenlar orqasidan kelib chiqadigan asosiy afsonaviy fikrlar haqida ham o‘ylab ko‘ramiz. E’tiboringizga oddiy odamning biznes to‘g‘risidagi yanglish fikrlari Top 5 ligini haqola qilamiz.
5-o‘rin – “Крыша” va aloqalar kerak
Qizig‘i shundaki, bu afsonaviy fikr faqatgina Mustaqil davlatlar Hamdo‘stligi vakillariga hos emas. Butun dunyoda ishlar qisman korrupsiya yo‘li bilan hal etiladi. Faqat Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarida – biznesmenlar uchun – pora va “крыша” bo‘lishi har qanday biznesning ajralmas qismiga aylanib qolgan.
Yuqori kredit foizlari bilan uyg‘unlikda – bu butun boshli xufya iqtisodiyotni keltirib chiqardi. Bugun bu afsonaviy fikr hali ham dolzarbligicha turibdi. Lekin, tadbirkorlar miyasiga o‘rnashib qolganchalik kuchga ega emas. Deyarli har qanday muammoni tanish bilish va porasiz hal etish mumkin.
Birgina istisno – agar sizning biznesingiz oxirigacha boshqariladigan biznes bo‘lmasa. Ammo, xattoki bu holatda ham hamisha o‘z biznesidan havotir bo‘lib yashagandan ko‘ra, mahfiy odamlarga pul tashlab berib turmasdan, 1 marta qonuniy jarima to‘lagan yaxshi.
4- o‘rin - hammasi allaqachon o‘ylab qo‘yilgan.
Agar gap klassik biznes haqida borayotgan bo‘lsa, u holda biznesni yuritish uchun nimadir yangi narsa o‘ylab topish shart emas. Hammasini yaxshi qilib bajarsa bo‘lgani – va siz raqobatchilarni chetlab o‘tasiz.
Qolgan hamma uchun startaplar mavjud. Va agar Kickstarterga nazar tashlasangiz – qanchalik bema’ni biznes g‘oyalar ba’zida katta ehtiyoj bilan amalga oshganining guvohi bo‘lasiz.
Eng ko‘p uchraydiganlari orasida klining bozorini eslashning o‘zi kifoya, biznesning bu turi bundan qariyb 20 yil oldin ham juda kulgili ko‘ringan edi. Hozir esa kattayu kichik shaharlarda bu yo‘nalishda ulkan tarmoqlar ishi yo‘lga qo‘yilgan.
3-o‘rin – aloqalar kerak
Bugun tanish-bilishchilik aloqalari yangi ish boshlayotgan tadbirkorga yordam berish u yoqda tursin, unga zarar keltirib qo‘yishi ham mumkin. Albatta, katta tajribaga ega bo‘lgan tanishlarning borligi yaxshi, ular har qanday muammoni hal etishda to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib berishlari mumkin. Lekin, keling ochiqchasiga gaplashamiz – agar siz tanish bilishlaringizdan o‘z muammolarimngiz echimini hal etish vositasi sifatida foydalansangiz, ertami kechmi korrupsiya bilan to‘qnash kelasiz.
Bo‘lishishga to‘g‘ri keladi, aks holda o‘zingizga “rahnamo” topishingizga to‘g‘ri keladi. Agar siz yirik bir korxonaning rahbari bo‘lsangiz va o‘z faoliyatingizni SSSR qulagan paytdan buyon olib borayotgan bo‘lsangiz, biznesingiz yarim qonuniy hisoblansa – bu boshqa gap. Agar siz ijaraga olingan binoda merch sotuvi bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsangizchi? Arzirmikan?
Davomi bor ...
👍 Birgina xabarga layk bosish va do'stlarga ulashish orqali kanalni qo'llab turishingiz mumkin!🙏
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING
Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.
Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.
Bepul treningni tomosha qilish ↗