Maqolalarga o‘tish
kkomplexsoft.
Bosh sahifa ↗
← BARCHA MAQOLALAR

💰Xususiyatlar – ustuvor jihatlar – manfaatlar.

Micro Бизнес Блог · Matn asl tilida

💰Xususiyatlar – ustuvor jihatlar – manfaatlar. (👉КИРИЛЧАДА) Siz bilan raqobatda boʻlgan takliflar orasida qanday qilib ajralib turish va xaridorga yoqadigan jihatlarni topish mumkin?  Mahsulot yoki xizmat taqdimotida bu “xususiyatlar – ustuvor jihatlar – manfaatlar” formatida boʻladi. Xususiyatlardan boshlaymiz. Xususiyatlar – bu mahsulot toʻgʻrisidagi dalillar va maʼlumotlardir (“biz mijozga nima sotayapmiz?”), yaʼni mahsulotning texnik tasnifi. Xususiyatlar sizning mahsulotingiz boshqalarnikidan qaysi afzallik jihati bilan ajralib turishini koʻrsatadi.  Ustunlik jihatlari - mahsulot yoki xizmatning qaysi xususiyatlari xaridorga maʼqul kelishi mumkinligini koʻrsatadi. Bu sizni shu kabi takliflar orasida aynan qaysi jihatlaringiz bilan ajralib turishingizga ishoradir.  Manfaat, yaʼni foyda – bu mijoz uchun qadrli boʻlgan, sizning mahsulotingizdan oladigan narsa (“menga bu nima uchun kerak?”) Endi istalgan mahsulotingizni oling, uch ustunli jadval chizing “Xususiyatlar – ustuvor jihatlar – manfaatlar” va uni chapdan oʻngga qarab toʻldiring: avvaliga barcha xususiyatlari, keyin har bir xususiyatning boshqalar tomonidan taklif qilinayotgan mahsulotlar xususiyatidan afzallik jihati, keyin esa sizning mijozingiz uchun foydali, manfaatli boʻlgan xususiyatlarini yozib chiking. #strategiya
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING

Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.

Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.

Bepul treningni tomosha qilish ↗