Maqolalarga o‘tish
kkomplexsoft.
Bosh sahifa ↗
← BARCHA MAQOLALAR

📎Hammaga assalomu alaykum!

Micro Бизнес Блог · Matn asl tilida

📎Hammaga assalomu alaykum! (КИРИЛЧАДА ТЕКСТ) Salomatmisiz? Hammasi yaxshi, deb umid qilaman! Bugun men sizga avstriyalik bir ishbilarmon – Karl Rabeder haqida gapirib bermoqchiman. Nima uchun birdaniga u haqda eslab qoldim? Gap shundaki, mendan ko‘pincha so‘rashadi, "hozir qanday biznes eng dolzarb" va "moliyaviy nuqtai nazardan foydali sanaladi ?" Avvaldan aytib qo‘yay, umuman daromadsiz biznesning o‘zi yo‘q, kuchsiz motivatsiya, tajriba etishmasligi yoki zamona og‘ir bo‘lishi mumkin. Yana Karl Rayuederga qaytamiz. Karl o‘ta qashshoq oilada tavallud topdi. 6 yoshdan ishlay boshladi. 16 yoshida gullar eksporti bilan shug‘ullandi. 32 yoshida millioner bo‘ldi. Ishbilarmonning tan olishicha, asosiy maqsadi qashshoqlikdan qochish bo‘lgan. Tushunganingizdek, gulchilik biznesi – spetsifik xarakterga ega. Buning uchun avvalo gullar va floristika san’atini sevish kerak. Shu tariqa, ish mablag‘ga borib taqaldi. Pulni qayta-qayta investitsiya qilish kerak edi. 2009 yilda boshidan infarkt kasalligini o‘tkazganidan so‘ng ishbilarmon o‘z kompaniyasini sotadi va aktivlarini xayriya fondlariga o‘tkazgandi. Bugun Rabeder – sog‘lom turmush tarzining targ‘ibotchisi, barcha xohlovchilarga sog‘lom turmush tarzi to‘g‘risidagi fandan saboq beradi. Uning oylik maoshi 1500 evroni tashkil qiladi. Va hech qanday muammoga o‘rin yo‘q. Qissadan hissa shuki, sizga nima va qancha kerakligi faqat o‘zingizga ayon. Karl Rabederga esa samimiy hurmatimni izhor qilmoqchiman xolos. Yana kanalda uchrashguncha, salomat bo'linglar!
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING

Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.

Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.

Bepul treningni tomosha qilish ↗