Biznes nimadan boshlanadi?
(КИРИЛЧАДА ТЕКСТ)
Qoʻrq! Fikr qil! Yechim izla!
Shunday qilib, siz mening kanalimga aʼzo boʻldingiz – demak muvaffaqiyatli startap loyihasini ishga tushirish, yoki mavjud korxonalar tarmogʻini rivojlantirishga boʻlgan ishtiyoqingiz juda kuchli.
Ammo, boshlanishiga bir oʻylab koʻraylik – bu ishlar bilan shugʻullanishingizning sababi ne?
Toʻgʻri – tadbirkorlik sizni avvalo non-choy bilan taʼminlaydi, juda ishingiz yurishib ketsa baʼzida ikra ham yeb turasiz.
Kim nima desa desinku – har xolda biznes pul topish uchun yuritiladi. Biznesning oʻzi ham mablagʻ talab qiladi. Mahsulot sotasizmi, yoki xizmatmi – farqi yoʻq – bariga pul kerak.
Demak – biznes puldan boshlanadi. Uni qayerdan topish mukin?
Bir nechta variantni koʻrib chiqamiz:
1. Boshqa ishda topish;
2. Potensial investor uchuntijorat taklifini ishlab chiqish;
3. Kredit olish uchun bankka borish;
4. MFOga yoki shunga oʻxshash korxonalarga kirish.
Shu 4 ta variantdan ikkitasida korxonangizni ochishingiz uchun zahirada biznes rejaga ega boʻlishingiz kerak.
Demak puxta oʻylangan biznes gʻoyadan boshlanadi, pul ham ubu gʻoya ostida yigʻiladi.
Gʻoya aytib oʻtganimizdek puxta oʻylangan va asosli boʻlishi kerak. Boz ustiga buni eng yomon variant boʻyicha qilib koʻrish kerak. Mana shu pessimistik ruhdagi variantdan kelib chiqib real daromadga umid qilsa arziydi.
Shu bois nimadir ish boshlash, pul olishdan oldin – bir joyga oʻtirib, fikringini jam qil – bir varaq qogʻoz olib – yoz.
1. Sen amalga oshirishni istagan gʻoyalaring.
2. Ularni ishga tushirish uchun qancha pul kerak boʻladi.
3. Bu gʻoyalar qancha daromad olib kelishi mumkin.
4. Eng pessimistik variantni ishga solsang, qancha pul ishlaysan?
Mana shular sening biznes-rejang boʻladi.
.....Bu maʼlumot seni qiziqtirmadimi? Bu narsalarni oʻzim ham bilaman degan fikrga bordingimi? Bir oʻylab koʻr – 10 ta tadbirkorlik loyihasidan 9 tasi faoliyatning 1-yiliyoq kamomad bilan yakun topadi. Harajatlar faqat ikkinchi yildagina qoplanadi.
Bunga sabab biznes gʻoyaning yoʻqligi...
Lekin bu hammasi emas! Biz ertaga davom ettiramiz, asosiysi oddiy fikr yuritishdan – amaliy tajribaga oʻtamiz!
#fikr_qil
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING
Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.
Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.
Bepul treningni tomosha qilish ↗