#Startap_qil
( КИРИЛЧАДА ТЕКСТ )
Biznes g‘oya – Rieltorlik agentligi
Bugun ko‘pchilikning orzusi qanday qilib bo‘lsa ham tez quloch yoyib ketadigan biznes qurishdan iborat. Men hozir sizga eng daromadli g‘oyalardan biri haqida gapirib beraman. Uni istasangiz rasmiy, istasangiz norasmiy tarzda ochishingiz mumkin bo‘ladi. Aniqrog‘i bu uy-joy ijarasi bo‘yicha rieltorlik agentligi biznesidir.
Biznesning yaxshi taraflari
Rieltorlik agentliklarining plyus taraflaridan biri sifatida juda muhim sanaluvchi quyidagi omillarni tilga oshish mumkin:
1. Juda tez quloch yoyib ketishi.
2. Ijaradan keyinchalik uy-joy sotuvi biznesiga o‘tish imkoniyatlari.
3. Minimal boshlang‘ich kapital.
4. Tadbirkorlikning boshqa turlari bilan uyg‘unlikda olib borish mumkin.
Biznesmenlik faoliyatini rieltor sifatida boshlash uchun kerak bo‘lgan narsalar – telefon va bir talay bo‘sh vaqt.
Dastlabki bosqichlarda biznesmenning vazifasi uy egalaridan ijaraga topshirilayotgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar monitoringini amalga oshirishdan iborat bo‘ladi. Siz foiz hisobiga o‘z xizmatlaringizni taklif etasiz.
Keyinchalik ( agar siz kurort mintaqasida bo‘lsangiz ) ijara asosida uy-joyni sotib olishingiz va kecha-kunduzlik ijaraga berib turishingiz mumkin bo‘ladi.
Ammo bu holda sizga uy-joyingiz bo‘sh turib qolmasligi uchun aloqa va tanishlar kerak bo‘ladi. Aks holda boshlang‘ich bosqichlarda bunday ikki taraflama ijara daromad emas kamomadga olib kelishi mumkin.
Biznesning salbiy taraflari
Endi ushbu korxonaning minus jihatlari haqida so‘z yuritamiz:
· Boshlang‘ich bosqichlarda bu to‘laqonli korxonadan ko‘ra ko‘proq ishni eslatadi.
· Juda ko‘p vaqtingizni band qilib qo‘yadi.
· Ma’lum xavf-xatarli taraflari bor.
Shular haqida batafsilroq gaplashsak!
Xavf-xatar
Rieltorlik biznesi bilan shug‘ullanishga qaror qilgan tadbirkorni qanday xavf-xatar kutishi mumkin?
1. Kuyib qolish xavfi. Agar siz bu ishlarning barchasini shaxsiy mablag‘laringiz hisobidan amalga oshirmoqchi bo‘lsangiz, ijarachilarning etishmasligi daromadga salbiy ko‘rsatibgina qolmay, uni butunlay barbod qilishi mumkin.
2. Insofsiz ijarachilar hisobidan obro‘ga putur etkazib qo‘yish.
3. Xuddi shunday rieltorlar qarmog‘iga tushib qolish xavfi.
Bundan tashqari yakka tartibdagi tadbirkor, xususiy korxona sifatida biznesingizni rasmiylashtirishingiz faqat ziyon keltirib chiqaradi, Zero, barcha shartnomalarni soliq idoralari orqali o‘tkazish juda qiyin, shu bois norasmiy ishlashga to‘g‘ri keladi. Bu esa o‘z navbatida katta jarimalar va ma’muriy qonunbuzarliklarni keltirib chiqaradi.
Umuman olganda – bu hayotga tadbiq etilishi uchun eng oson g‘oya, u sizdan faqat tirishqoqlikni talab qiladi – shahar bo‘ylab tez harakatlanish va odamlarni qidirib topish kerak bo‘ladi.
Asosiysi uy-joylarini ijaraga topishirishga tayyor odamlarni va ijaraga olishga tayyor odamlar. Qolgani mayda chuyda nozik tashvishlar!
👍 Birgina xabarga layk bosish va do'stlarga ulashish orqali kanalni qo'llab turishingiz mumkin!🙏
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING
Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.
Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.
Bepul treningni tomosha qilish ↗