Maqolalarga o‘tish
kkomplexsoft.
Bosh sahifa ↗
← BARCHA MAQOLALAR

​​#Startap_qil! #Oʻyla!

Micro Бизнес Блог · Matn asl tilida

​​#Startap_qil! #Oʻyla! (КИРИЛЧАДА ТЕКСТ) Sayyoramizdagi eng kir biznes Shishadan yasalgan mahsulotlar doimo qadrlanib kelgan. Bunday mahsulotni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish qiyin emas, chunki ortiqcha qog‘ozbozlikka ehtiyoj yo‘q. Ishlab chiqarilgan mahsulotga dunyoning istalgan joyidan xaridor topish mumkin. Xomashyo tanqisligi yuzaga kelmasligi uchun, mahsulot ishlab chiqaruvchi ikkilamchi shisha olish uchun qabul punktlari ochsa kifoya. Shisha idish olib-sotish orqasidan ham yaxshi daromad qilish mumkin. Qanday qilib shisha idish qabul qilish punkti ochish borasidagi maslahatlarimiz: Shisha idish qabul qilish uchun bizga kerak bo‘ladigan narsalar: -        rasman tadbirkor bo‘lish; -        biznesni rasmiylashtirish; -        joy topish; -        uskuna xarid qilish; -        xodim yollash. Eng avvalo qat’iy qaror qabul qilib oling - ishni qanday tashkil qilish mumkin – vositachi bilanmi yoki usiz. Birinchi xolatda hamma ish shisha idish qabul qilib olishga yo‘naltiriladi, uni boshqa xududga olib borish va sotish vositachi yordamida amalga oshiriladi. Bunda boshog‘rig‘i ancha kam, lekin darmadni bo‘lishishga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, ruhsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish va qayd ettirishni boshlash uchun korxonani rivojlantirish bo‘yicha umumiy strategiyani aniqlash, tavakkalchiliklar va daromad ehtimollarini ko‘rib chiqishga yo‘naltirilgan biznes-reja ishlab chiqish tavsiya etiladi. Ana endi eng qizig‘iga o‘tamiz Biznesning ushbu turi eng qiziq jihatlari deb geolokatsiya to‘g‘ri tanlanganda sizda mijozlar bilan hech qanday muammo bo‘lmasligini aytish mumkin. Bundan tashqari shisha narhi sizga ma’qul kelishi mumkin. Shishani vositachilar ham korxonalar ham olishi mumkin. Tabiiyki, narhi bir - biridan farq qiladi. Bu ish bilan shug‘ullanishdan ma’no bormi o‘zi? Ehtimol – sizga bu g‘oyaning o‘zi ahmoqona ko‘rinayotgandir, fikringizcha bu ish bilan shug‘ullanishning foydasi yo‘qdir! Axir buning uchun jiddiy pul mablag‘i ajratish kerak. Lekin agar men sizga shisha sotib olishdagi narh va zavodga sotib yuborish dagi narh o‘rtasidagi farq 33 foiz ekanini aytsamchi. Bularning barchasidan qilingan harajat miqdorini chiqarib tashlaymiz. Birinchi yil uncha katta bo‘lmagan plyusga ishlashga to‘g‘ri keladi. Ehtimol minus bo‘lishi ham mumkin. CHunki, nufuzni oshirish va mijozlarni ko‘paytirishga ham vaqt ketadi. Tadbirkorni qanday xavf-xatar kutadi? Sizga qanchalik kulgili ko‘rinmasin – eng asosiy xatar – bu, korxonalarning har dom ham siz o‘ylagan narhni bermasligidadir. Bundan tashqari, ular har doim ham o‘z vaqtida haq to‘lashmaydi. Boz ustiga – agar siz kengaymoqchi va bir nechta shohobcha ochmoqchi bo‘lsangiz, shisha qabul qiluvchilarni tanlashda mas’uliyat bilan yondoshish va kassa hisob-kitobini nazorat qilib borish talab qilinadi. Ko‘pincha insofsiz qabul qiluvchi, yoki shisha idish, makulatura yoki PET plenka olib kelgan tayin uy-joyi yo‘q odam kassaga yo‘l topib uni shipirib ketishi mumkin. O‘rtacha chakana shaxobchada qabul hajmini hisobga olsak - 150-200 sh.b. ekanini bilamiz. Katta shohobchalarda esa bundan ko‘proq. Shisha qabul qilish – raqobat kam bo‘lgan soha – chunki, u haqda ko‘plar o‘ylab ham o‘tirmaydi. Aynan shu omil ming dollar yoki undan ko‘proq pul bo‘lganida bir yil o‘tar o‘tmas aylanma mablag‘lardan mashina xarid qilish imkonini beradi. Bir necha yildan keyin esa – kvartira sotib olish mumkin! Agar siz bizning maqolalarni oxirgacha o'qiyotgan bo'lsangiz va ushbu postlar yoqgan bo'lsa , bizning kanalni do'stlaringiz bilan ulashing. Bizga o'qiydigan va fikrlaydigan obunachilar kerak. Biz sizning yordamingiz bilan telegramdagi eng katta foydalik kanalni tuzamiz.
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING

Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.

Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.

Bepul treningni tomosha qilish ↗