Maqolalarga o‘tish
kkomplexsoft.
Bosh sahifa ↗
← BARCHA MAQOLALAR

​​💰Biznes uchun dizayncha-fikrlash.

Micro Бизнес Блог · Matn asl tilida

​​💰Biznes uchun dizayncha-fikrlash. (КИРИЛЧАДА ТЕКСТ) Dizayner bo‘lmasangiz,  dizaynerdek fikrlashingiz shartmi? To‘g‘ri, shart emas. Lekin, sezganmisiz, o‘z dizayneringizdan necha marta qilgan ishiga o‘zgartirish kiritishni, yana bir necha xil variantlar taqdim qilishni iltimos qilar ekansiz, yaratayotgan narsangiz kimlarnikigadir o‘xshashi, balki undan-da yaxshiroq bo‘lishini so‘raysiz. Ho‘sh, u bu variantlarni qaerdan oladi? To‘g‘ri, siz olishingiz mumkin bo‘lgan joyda albatta. Dizayncha-fikrlash biror muammoga duch kelgan paytingizda sarosimaga tushib qolishingizdan asraydi. Dizayncha-fikrlashning asosiy prinsipi – echim topilmagunicha, qancha kerak bo‘lsa shuncha g‘oya yaratishdan iborat. Butun olamda pul ko‘p bo‘lgani kabi, g‘oyalar manbai ham bitmas-tuganmas, shunchaki siz ularni qanday qilib jalb qilish to‘g‘risida o‘ylab ko‘rganingiz yo‘q. Dizayncha-fikrlash – asosiy trendlardan biri va muammolar echimi tezligi hamda samaradorligiga yo‘naltirilgan vosita sifatida yaxshi tanilgan. Dizayncha fikrlashni 5 bosqichda boshlash mumkin: Empatiya - foydalanuvchi, to‘g‘rirog‘i maqsadli auditoriyani tajribaga jalb etish. Bunda har qanday vosita – intervyu, tahlil, kuzatuv va sizning ichki hissiyotlaringiz sizga qo‘l keladi. Muammoni aniqlash – nimani hal qilamiz? G‘oyalar tug‘ilishi – kallaga kelgan har qanday fikrni qayd etib qo‘yamiz, bu fikrlarni keyin saralaymiz. Prototiplash – hayot faoliyati ko‘rsatkichlari u qadar katta bo‘lmagan mahsulot MVP (Minimum Viable Product)ni yaratish. Pul va vaqtni tejab qolish, biror narsa o‘xshamay qolsa unchalik kuyunmaslik uchun ajoyib imkoniyat. Testlash - maqsadli auditoriya hukmiga mahsulotning tayyor talqinini taqdim etish. Bu hali ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani emas, lekin bu jarayonga ham oz qoldi. Bu bosqichda strategik va texnik o‘zgartishlarni amalga oshirish mumkin – shunday bo‘lsa-da, bu ishni keyinchalik muvaffaqiyatsizlikka uchragandan ko‘ra, hozir qilgan ma’qul. Dizayn-fikrlash qachon ishlaydi? Qachonki yo‘qdan biror narsani bor qilish kerak bo‘lsa. Agar siz bizning maqolalarni oxirgacha o'qiyotgan bo'lsangiz va ushbu postlar yoqgan bo'lsa , bizning kanalni do'stlaringiz bilan ulashing. Bizga o'qiydigan va fikrlaydigan obunachilar kerak. Biz sizning yordamingiz bilan telegramdagi eng katta foydalik kanalni tuzamiz.
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING

Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.

Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.

Bepul treningni tomosha qilish ↗