Maqolalarga o‘tish
kkomplexsoft.
Bosh sahifa ↗
← BARCHA MAQOLALAR

​​#yangi_ish_boshlaganlar_uchun_buxgalteriya 

Micro Бизнес Блог · Matn asl tilida

​​#yangi_ish_boshlaganlar_uchun_buxgalteriya  (КИРИЛЧАДА ТЕКСТ) Pulni qayerdan olish mumkin. Kichik biznes uchun kredit  Keling gapning poʻstkallasini gapiramiz, qoʻyamiz! Biz biznesni kreditlashga qarshimiz. Sababi juda oddiy – bank foizi juda yuqori. Demak, biznesning oʻz-oʻzini qoplash koʻrsatkichi kredit foizidan yuqori boʻlishi kerak. Bunga qoʻshimcha qilib aytish mumkinki, biznes juda tez daromad keltirmaydi va yana bir nechta mayda-chuyda jihatlar bor. Shunda biz bunday sharoitlarda juda kam biznes gʻoyalar omadga erisha olishini koʻrishimiz mumkin. Ammo baribir, baʼzi gʻoyalar uchun kredit kerak boʻladi. Shuning uchun keling, avval aniqlab olamiz – qaysi sharoitlarda kredit olish mumkin? 1.  Siz biznesingiz barbod bo’lgan taqdirda xam kreditni yopa olishingizga ishonasizmi? 2.  Ish faoliyatingizning birinchi oyidanoq daromad olishingizga ko’zingiz etadimi? 3.  Sizning daromadlilik bo’yicha bashoratingiz kredit bo’yicha foiz stavkasidan yuqorimi? Kreditlash shartlari Kichik biznesni kreditlash uchun o’rtacha foiz stavkasi yillik 18 foizdan 35 foizgachani tashkil qiladi. Agar kredit garovli bo’lsa, u xolda stavkasi ancha past bo’ladi, zero, to’lov kechiktiriladigan bo’lsa, ular sizning mulkingizni tortib olib qo’yishadi. Ayni paytda kreditni to’lash muddati odatda 2-4 yilni tashkil qiladi. Agar bank sizga to’lovni muzlatib qo’yishni maslaxat bersa, yodingizda bo’lsin, foiz kredit xajmining ustiga yotadi – shunda kreditni muzlatishdan chiqargandan keyin yanada ko’proq pul qaytarishga to’gri keladi. Agar siz to’lov vaqti muddatidan o’tib ketishi va kredit stavkasining o’zgarishidan qo’rqsangiz – kreditlashni boshqa bankda qoldiq summasidan kelib chiqqan xolda amalga oshirganingiz ma’qul. Ammo, yodingizda bo’lsin, xar bir kreditdan chiqarish jarayonidan keyin sizning kredit reytingiz tusha boshlaydi.  Shu bois, bu ishni faqat ikta xolatda amalga oshirishingizni so’raymiz: 1.  Siz kreditning yarmidan ko’pini qoplagansiz va biznesning rentabelliligini oshirish uchun keyingi to’lovlarni kamaytirmoqchisiz. 2.  Siz to’lovlar kechikib ketishi va kredit shartlari o’zgarishidan xavotirdasiz. Xech qachon ·    Uy-joyni garovga qo’yib kredit olmang. ·    Reyting xisob-kitobisiz kredit olmang. ·    Ish yuritish uchun kerak bo’lganidan ko’p kredit olmang. ·    Begona kishilar nomiga kredit rasmiylashtirmang! ·    Do’stingizdan ssuda olmang! Qancha olish kerak? Kichik biznesga kreditni to’g'ri olish uchun bir nechta omillarni inobatga oling. 1.  Kredit bo’yicha qanday foiz daromadingizni emirishni boshlamaydi? 2.  Siz qo’shimcha faoliyat ( masalan, frilansda ishlash ) xisobidan kreditni qoplay olasizmi? 3.  Ish ochish uchun qancha mablag' kerak? 4.  Ikki chorak faoliyat uchun yostiq sifatida qancha kredit kerak bo’ladi. 5.  Ko’zda tutilmagan xolatlar uchun qo’shimcha mablag'lar Agar siz biznes-reja orqali ishlayotgan bo’lsangiz, xisob-kitob raqamini taxminan ikki xissaga oshiring, faqat shu xolatda siz kerakli xisob balansiga ega bo’lasiz va uning asosida kredit olasiz. Agar siz bizning maqolalarni oxirgacha o'qiyotgan bo'lsangiz va ushbu postlar yoqgan bo'lsa 👍 , bizning kanalni do'stlaringiz bilan ulashing. Bizga o'qiydigan va fikrlaydigan obunachilar kerak.
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING

Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.

Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.

Bepul treningni tomosha qilish ↗