Maqolalarga o‘tish
kkomplexsoft.
Bosh sahifa ↗
← BARCHA MAQOLALAR

​​#Oʻyla, #Startap_qil, #yangi_ish_boshlovchilar_uchun_buxgalteriya.

Micro Бизнес Блог · Matn asl tilida

​​#Oʻyla, #Startap_qil, #yangi_ish_boshlovchilar_uchun_buxgalteriya.   (КИРИЛЧАДА ТЕКСТ) Tadbirkor duch kelishi mumkin bo‘lgan asosiy xavf-xatarlar   Assalomu alaykum! Bugun men siz bilan eng qo‘rqinchli narsalardan bir haqida suhbatlashmoqchiman – tadbirkorning asosiy xavf-xatari to‘g‘risida. Bu nima bo‘lishi mumkin?   Tadbirkor duch kelishi mumkin bo‘lgan asosiy xavf-xatar   To‘g‘risini aytganda, men biroz yolg‘on gapirdim. Axir barchamiz bilamiz. Tadbirkorning eng asosiy xatari – parokanda bo‘lish. Lekin buni shundog‘am hamma biladi. Buning o‘rniga men nima sababdan biznes bir kun kelib tokchadan joy olishi, istiqbolli startap esa kamomadli korxonaga aylanib qolishi mumkinligini tahlillar yordamida ko‘rsatib berishni taklif qilaman.   1-sabab – harakatsizlik   Bu qanchalik kulgili ko‘rinmasin, aksar tadbirkorlar birinchi yilning o‘zidayoq hech narsasiz qolishlari – harakatsizlik oqibati. Reja kallada bo‘lgan va uning ilk qadamlari qog‘ozga tushgan vaqtda hammasi aniq va ravshan edi. Lekin biznes ishga tushishi bilan tadbirkor buyog‘iga nima qilishni unchalik yaxshi bilmaydi. Bu esa uning joyida to‘xtab qolishiga, uning o‘rnini boshqa bir tadbirkor egallab olishiga sabab bo‘ladi. SHu tariqa yangi tashkil bo‘lgan korxona raqobatga bardosh bera olmaydi va butunlay bankrotga, ya’ni inqirozga uchraydi.   2-sabab – mani menejment   Ko‘pchilik tadbirkorlarning katta xatosi shundaki, ular olingan mablag‘ni o‘ylamay sarf qilishadi va foyda yordamida faqat o‘z hayotiy muammolarini hal etish bilan band bo‘lishadi. Daromad va foydani savodli boshqarish qobiliyatining yo‘qligi, kengayish, sug‘urta va qayta investitsiya kiritish imkoniyatlarining mavjud bo‘lmasligi, kichkinagina fors-major holati ro‘y berganda ham biznes uchun birinchi galdagi masalalarning hal etilishi uchun mablag‘ etishmay qolishiga olib keladi. Bizdan uzoqlashmang, ertaga davomi bo'ladi ... like orqali qo'llab-quvvatlab turing!👍
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING

Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.

Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.

Bepul treningni tomosha qilish ↗