Maqolalarga o‘tish
komplexsoft.
Bosh sahifa ↗
← BARCHA MAQOLALAR

​​#Oʻyla, #Startap_qil, #yangi_ish_boshlovchilar_uchun_buxgalteriya.

Micro Бизнес Блог · Matn asl tilida

​​#Oʻyla, #Startap_qil, #yangi_ish_boshlovchilar_uchun_buxgalteriya.   (КИРИЛЧАДА ТЕКСТ) Tadbirkor duch kelishi mumkin bo‘lgan asosiy xavf-xatarlar(Davomi) 3-sabab – kredit   Biznesning barbod bo‘lishiga olib keluvchi eng katta sabablardan biri – bu qarz mablag‘lari, daromad, foiz stavkasi, fors-major holatlari va hayotiy ehtiyojlar o‘rtasidagi savodli hisob-kitobning yo‘qligidir. Ko‘pincha shunday bo‘ladiki, dastlabki yillarda biznes bashorat qilinganidek foyda keltira olmaydi, buning ustiga u kamomadga ham kirib borishi mumkin. Kredit shartnomasi bo‘yicha qarzlar esa o‘z vaqtida to‘lanishi kerak. Biznes dastlabki jiddiy foyda mablag‘ini keltira boshlaganda esa – uni qarzlar tufayli yopishga to‘g‘ri keladi!   Nima qilish kerak?   Aslida, bu holat ro‘y bermasligi uchun, ro‘y berganda ham u qadar og‘ir yo‘qotish bo‘lmasligi uchun – bir nechta maslahatlarimiz bor: 1.   Daromadning bir qismini to‘plab boring. 2.   Daromadning bir qismini yana investitsiya qilib kiriting. Agar biznesingiz barbod bo‘ladigan bo‘lsa (bu ish boshlaganlarning qariyb 90 foizida ro‘y berishi mukin bo‘ladigan odatiy holat), u holda sizda mablag‘ va tajriba qoladi – ular sizga ikkinchi urinishda hamma ishni to‘g‘ri bajarish, haqiqatda ham ajoyib biznes model qurish imkonini beradi. U esa kelgusida kengayish va avtomatlashtirishga zamin yaratadi. Shu bilan tamom! Biznes boshlashingizda muvaffaqiyat yor bo‘lsin! Birinchi loyihaningiz omadli bo‘ladimi yoki barbod bo‘ladimi – bu muhim emas. Asosiysi – orttirgan tajribangizga tayaning – ishingizni davom ettiring. Yodingizda bo‘lsin, ba’zi biznes-imperiyalar minglab omadsizliklardan keyin qurilgan. 21-asrning bosh kapitalisti Tramp – uch bora bankrotga uchragan, oqibatda Amerika Qo‘shma SHtatlari prezidenti bo‘lguncha o‘sgan!   Agar siz bizning maqolalarni oxirgacha o'qiyotgan bo'lsangiz va ushbu postlar yoqgan bo'lsa , bizning kanalni do'stlaringiz bilan ulashing. Bizga o'qiydigan va fikrlaydigan obunachilar kerak.
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING

Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.

Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.

Bepul treningni tomosha qilish ↗