#savdo
№1. Savdo bosqichlari.
(👉КИРИЛЧАДА ТЕКСТ)
Bu sotuvchining mahsulotni sotishga yo‘naltirilgan hatti-harakatlari ketma-ketligidir. Odatda sotuvlarning to'rtda bosqichi bo‘ladi:
1. Aloqa o‘rnatish
2. Ehtiyojlarni o‘rganish
3. Mahsulot taqdimoti
4. E’tirozlar bilan ishlash
1. Salomlashuvdan so‘ng albatta mijozning ismini so‘rab bilish, ovoz chiqarib aytish, keyin esa o‘zini tanishtirish kerak. Bu jihatga albatta e’tibor qiling! Axir murojaat “AYNAN MENGA” qaratilgan bo‘lishi haqiqatdan ham yoqimli.
2. Mijoz sizga vaqt ajratishga rozi bo‘ldimi? Juda yaxshi! Endi o‘z kompaniyangizning lift-prezentatsiyasini amalga oshiring ( ikki og‘iz so‘z bilan: eng asosiysiga urg‘u bering!)
MUHIM: lift-taqdimot – kompaniya, mahsulot yoki xizmat to‘g‘risida qisqacha hikoya bo‘lib, uning vazifasi mijozning e’tiborini jalb etish va unga taklif etmoqchi bo‘lgan foydali jihatlari bilan qiziqtirish.
Eshitdimi? Demak, ehtiyojlarni o‘rganish bosqichiga o‘tish vaqti keldi.Buni “To‘g‘ri tanlov qilishi uchun sizga bir nechta savol berishiga ruhsat bering” o‘tish-iborasi bilan hal qilish mumkin.
MUXIM: Agar siz bu algoritmni buzsangiz, biznes ahloq odob qoidalariga hilof ish qilgan bo‘lasiz. Bu sizning mutaxassis sifatidagi qarashlaringiz, ayni paytda kompaniya yoki brendingiz qarashlariga ta’sir ko‘rsatadi.
davomi bor...
Agar siz bizning maqolalarni oxirgacha o'qiyotgan bo'lsangiz va ushbu postlar yoqgan bo'lsa , bizning kanalni do'stlaringiz bilan ulashing. Bizga o'qiydigan va fikrlaydigan obunachilar kerak.
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING
Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.
Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.
Bepul treningni tomosha qilish ↗